Bozordagi bozi


Saqlash
22:08 / 12.08.2024 0 903

Bolaligimizda kattalar ham, bolalar ham aytib yuradigan bir qo‘shiq bo‘lardi.

 

Bozorga bordim, bozini ko‘rdim,

Qulog‘i uzun tozini ko‘rdim.

Uyga keldim, mayak jedim,

Xotinimdan tayoq jedim.

 

Xo‘sh, “Bozorga bordim, bozini ko‘rdim” qatoridagi bozi so‘zining ma’nosi nima? Bozorga borgan odamning ko‘rgan bu narsasining nimasi qiziqki, uni qo‘shiq qilib aytib yuribdi. Usmon Azim va Abdumajid Azim bilan Ohangaronga borayotganimizda, yo‘lda ulardan shu qo‘shiqdagi bozi so‘zining ma’nosi haqida so‘radim. Ikkovlari ham baravariga bozi –  “o‘yinchi” degani deyishdi. Demak, bozorga borgan o‘sha odam o‘yinchini ko‘rgan. Alisher Navoiyda ham bozi, boziy so‘zlari “o‘yin, aldov” ma’nosida, bozigar so‘zi esa, “o‘yinchi, masxaraboz” ma’nosida qo‘llangan.

 

Izoh: Kitobning ilk nashridan so‘ng  Buxoroning Olot tumanidan adib Abdunabi Hamro telefon qilib, bozi so‘zi haqida shunday fikr bildirdi: “Bizda bozordagi dallollarni “bozi”, “bozigar” deyishadi. “Bozorning bozisi” deganda, bozorning dallolini aytishadi”.  Demak, xalq qo‘shig‘idagi “Bozorga borib, bozini ko‘rdim” degan misrada “dallol” nazarda tutilgan  bo‘lishi ham mumkin. Chunki, bozorda eng ko‘p baqir-chaqir qilib, eng ko‘p ko‘zga tashlanadigan odam bozorning dalloli bo‘ladi.

 

 Eshqobil SHUKUR,

"Boboso‘z izidan" kitobidan

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 249
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 427
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 763
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 499
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66821
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50448
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38871
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38076
“Avesto”

//