Ishonch


Saqlash
00:12 / 22.12.2021 0 1699

Detroytdagi bir elektrik kompaniyasida yosh mexanik yigit ishlardi. U haftasiga atigi 11 dollar topar, kuniga 10 soatdan ishlar va bundan mamnun edi. Kunduzi ishlab, kechasi uyidagi ustaxonada dvigatel yaratish bilan ovora bo‘lardi.

 

Otasi unga bekorchi ishlar uchun behuda vaqt sarflamaslikni uqtirar, qo‘shnilar esa uni tentak deb atardi. Hech kim yigitning qo‘lidan bir ish kelishiga ishonmasdi.

 

Unga faqatgina rafiqasi ishonch bag‘ishlardi. Ayol eriga tunlari ishlashga yordam berardi, soatlab tepasida kerosin lampa tutib turardi. Qo‘llari moy bo‘lganda tozalab artib qo‘yar, sovuqda ustiga qalin kiyim tashlardi. U erini doim qo‘llab quvvatlardi.  

 

Yillar o‘tib qo‘shnilar hayron qolishdi. Chunki tentak deb sanashgan bu odam xotini bilan ko‘chaga allaqanday mashina minib chiqishdi. Ot minib o‘rgangan odamlarga bu g‘alati uskuna haqiqiy moʻjiza edi. Qo‘shnining ismi tez orada elga yoyildi: Genri Ford...

 

Ford katta mashhurlikka erishdi. Uning nomi ostida mashinalar ishlab chiqarila boshlandi. Jurnalistlar unga turfa savollar berishardi. Jumladan:

  Aytingchi, janob, keyingi hayotingizda kim bo‘lib tug‘ilishni istardingiz?

  Kim bo‘lsam ham farqi yo‘q. Faqat rafiqam yonimda bo‘lsa bas! –  javob berardi Genri jilmayib.  

 

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 20
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 168
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 80
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 218
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 181
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235961
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114868
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57751
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40973
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//