Zeriktirmaydigan barcha nodir sanʼatlar yaxshi – Lev Tolstoydan iqtiboslar


Saqlash
21:07 / 29.07.2024 0 1162

* * *

Sanʼatkorning sanʼatkorligi narsalarni oʻzi istaganidek emas, borligicha koʻra olganidadir.

* * *

Sovgʻa qilsang-da senda qoladigan yagona narsa muhabbatdir.

* * *

Yaxshi narsalar haqida mushohada et. Bu oʻy seni xayrli amallar qilishga undaydi.

* * *

Koʻp hollarda yoshlar boshqa birovning emas, oʻzining aqli bilan yashashni istashlarini aytishadi. Axir nega senga qadar oʻylanganlarni yangidan oʻylashing kerak? Tayyorini ol va yoʻlingda davom qil. Insoniyatning qudrati ham aynan shunda.

* * *

Haqiqiy doʻstlik bir-biriga ishonchdan yaraladi.

* * *

Indama, hamma oʻz ostonasini supursin. Ana shunda butun koʻcha toza boʻladi.

* * *

Qismatda tasodiflar boʻlishiga ishonmayman, inson oʻz taqdirini oʻzi yaratadi.

* * *

Hayvonlarga yomon munosabatda boʻlgan davlat hamisha yoʻqsil va jinoyatga moyil boʻladi.

* * *

Shunday yashash lozimki, oʻlimdan na qoʻrqishing, na-da uni orzu qilishing darkor.

* * *

Boshqalar borasida yomon, oʻzingiz haqingizdagi yaxshi gapirganlarga quloq solmang.

* * *

Xayrli va savobli amallar qilolganing uchun ham shukrli boʻl.

* * *

Insonlardan uyalish yaxshi fazilat, oʻzingdan uyalish esa undan ham yaxshi.

* * *

Shuur va maʼnaviyat hamisha yonma-yon keladi.

* * *

Hayotning kutilmagan hadyalardan qoʻlingni tort, uni oʻzing yarat.

* * *

Muhabbatni anglash uchun avvaliga xato qilib keyin tuzatishing joiz.

* * *

Oʻzimiz haqimizdagi haqiqatni hatto oʻzimizga ham nodir hollarda aytamiz.

* * *

Baxtli boʻlmogʻing uchun avvalo oʻzing baxtga ishonishing kerak.

* * *

Sevgisiz hayot oson, lekin maʼnosiz ham.

* * *

Baxtiyorlik – istaganingni qilish emas, qilganingni istamoqdir.

* * *

Zeriktirmaydigan barcha nodir sanʼatlar yaxshidir.

* * *

Yovuzlik ustidan gʻolib kelishning yagona yoʻli – yomon odamlarga yaxshilik qilmoqdir.

* * *

Telbalar har doim oʻz maqsadlariga donolardan koʻra tezroq yetib borishadi. Chunki ular uchun hech qanday maʼnaviy taqiq, xijolat, adolat, hatto qoʻrquv tuygʻusi ham yoʻq.

 

Rahmat BOBOJON tayyorladi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 296
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 832
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 878
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228344
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110006
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58694
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46367
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42528
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36398
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34471
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31858
Kompetentlik

//