“Oqshom”mi, “ag‘sham”?


Saqlash
19:07 / 11.07.2024 0 1179

Men oqshom so‘zini hamisha bir xil ma’noda – tun oldidan, oqarib turgan shom ma’nosida tushunganman, shunday tasavvur qilganman va bu so‘zning paydo bo‘lishini hamma qatori oq va shom so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lgan deb o‘ylaganman. Aslida shu talqin menga juda yoqadi, chunki unda poetik ruh bor. Lekin Mahmud Koshg‘ariyda oqshom so‘zi boshqacharoq sharhlangan ekan. Bobomizda bu so‘z ag‘sham, axsham shaklida kelgan va uning ildizi a:g‘ “chiqmoq, paydo bo‘lmoq, o‘zgarmoq” mazmunida izohlangan. Hozirgi paytda tilimizda ag‘di (og‘di) fe’li “pasaydi” ma’nosida ishlatiladi. Lekin qadimgi tilimizda bu so‘z “chiqish, ko‘tarilish” mazmunini ifodalagan. Hozirda oy og‘di desak, oyning eng balandga ko‘tarilib, ufq tomon pastlay boshlaganini tushunamiz, lekin bu qadimda oyning yuqoriga ko‘tarilganini anglatgan. “Devonu lug‘otit-turk” indeksining “Grammatik ko‘rsatkich” bo‘limida Q.Mahmudov axsham so‘zidagi shamni qo‘shimcha tarzida (“sha+m”) izohlagan.

 

Qizig‘i shundaki, hozir ham yurtimizning ko‘pgina hududlarida bu so‘zni oqshom deb emas, axsham deb ishlatadilar.

 

“Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z aqshom shaklida berilgan:

 

Sharh ettiki fitnai havodis,

Aqshom ne ish etmish erdi hodis.

 

“Layli va Majnun” dostonidan.

 

Navoiy kechqurun so‘zini aqshomqurun shaklida ishlatgan. Bunda qurun so‘zi “vaqt” ma’nosida kelayapti.

 

Qayum Karimov “Qadimgi turkiy til lug‘ati”da oqshom so‘zi ko‘proq axsham shaklida qo‘llanganini ko‘rsatib o‘tgan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 251
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 427
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 763
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 500
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66826
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50454
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38873
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38077
“Avesto”

//