Alvasti, Sariq qiz yo Mortu – odamlarni halokatga yetaklovchi parilar


Saqlash
17:07 / 11.07.2024 0 2757

Xalq og‘zaki ijodida insonga zarar beruvchi ayol qiyofasidagi kuchlarning o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lib, bu kategoryada Qora Umay, Alvasti, Sariq qiz, Mortu, Ajina, Maston kabilarni sanash mumkin. Mana shunday xayoliy obrazlardan biri Mortu bo‘lib, professor Fuzuli Bayatga ko‘ra, bu nom turkiy xalqlar ichida faqat o‘zbeklarga xosligi bilan ahamiyatli.

 

Martu, Mortu yoki Mortucha nomlari bilan ataluvchi ushbu obrazning tashqi qiyofasida qator o‘ziga xosliklar mavjud. Bir yarim metrli bo‘yi, uzun sochlari bilan Andersen ertagidagi Rapunzelni eslatib yuboruvchi bu obraz insonlarga zarar berishi, erkaklarni yo‘ldan ozdirishi bilan mashhur. Mortu qisqa bo‘yli, malla sochli qiz qiyofasida tasavvur etiladi. Professor Olim Qayumovning tadqiqotlariga ko‘ra, Motru hammaga ham ko‘rinavermaydigan, ayol qiyofasidagi parilardan biridir. Mortuning odatiy parilardan farqi, ko‘kraklari uzun va bo‘liq bo‘lib yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Yana bir o‘ziga xosligi, yo‘lida uchratgan odamini aqldan ozdirib, oxir-oqibatda telbaga aylantirib o‘ldiradi. Mortuga duch kelgan inson darrov uning sochlaridan burab tutib olishi kerak va ozor bermasligi haqida va’dasini olishi lozim. Aksi taqdirda Mortu odam bolasini halokatga yetaklaydi.

 

Toshkent viloyati Bekobod tumani Xos shaharchasida olib borgan tadqiqot ishlarimiz natijasida mahalliy aholi orasida Mortu obrazi hamon yashayotganiga guvoh bo‘ldik. Qisqa bo‘yli, uzun sochli qiz tasavvuridagi Mortu xalq leksikasiga ham o‘tgan. Qo‘lidan tayinli ish kelmaydigan, epsiz qizlarning onalari “Mortuga o‘xshamay ket” deya tanbeh berishadi.

 

 

Mortuning ilk surati rassom Elnur Egamov mo‘yqalamiga mansub.

 

Dilbar HAYDAROVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 180
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 450
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 404
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 726
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 436
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233523
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113071
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66613
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55925
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50313
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39294
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38776
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37921
“Avesto”

//