Hamma ijodkorlar ham oʻz zamonasida qadrlanavermagan. Bugun suratlarini butun dunyo sevuvchi, qadrlovchi Vangog kabi rassomlarning bir nechtagina surati suvtekinga sotilgan. Shu sababdan bugun ularning asarlari millionlab dollarga baholanishi ham qaygʻuli, ham quvonarli. Har holda dunyo haqiqiy sanʼatning qadriga yeta boshladi. Quyida keltiriladigan toʻqqiz asar ham “kimoʻzdi” savdolarida millionlab dollarga sotilgan.
9. Pablo PIKASSO – “Jazoirlik ayollar”
Pablo Pikasso XX asr tasviriy sanʼatining eng yorqin vakili sanaladi. Rassomning “kubizm” uslubida ishlangan “Jazoirlik ayollar” kartinasi 1955-yilda chizilgan. 15 ta suratdan iborat ushbu muhtasham asarni Qatar qirollik oilasi 2015-yilda 179 million dollarga xarid qilgan.
8. REMBRANDT, “Sulmans va Koppitning tik turgan portretlari” asari
Rembrandt nomi tarixda eng koʻp oʻrganilgan 100 ta shaxs roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, dunyoning eng taniqli rassomlaridan biri desak, mubolagʻa emas. Uning “Sulmans va Koppitning tik turgan portretlari” asari 1634-yil chizilgan. Asar ilgari Rotshildlar oilasiga tegishli boʻlgan, sotuvga qoʻyilgach, “Luvr” va “Rijk” muzeylarining birgalikdagi mablagʻlari hisobiga 180 million dollarga sotib olingan.
7. Mark ROTKO, “Nomer: 6” surati
Abstrakt ekspressionizm yoʻnalishining koʻzga koʻringan namoyondasi Mark Rotkoning ushbu asari 1951-yilda chizilgan. 2014-yili rossiyalik tadbirkor Dmitriy Ribolovlev uni 186 million dollarga sotib olgan.
6. Gustav KLIMT, “Suvilonlar II” asari
Simvolist Gustav Klimtning moyli boʻyoqda chizilgan “Suvilonlar II” surati 1907-yil yaratilgan boʻlib, Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar tomonidan musodara qilingan. Asar egasi – kelishib chiqishi yahudiy boʻlgan Jenni Shtayner 1938-yil Portugaliyaga koʻchib oʻtganidan soʻng, surat shu oʻlkada qolib ketadi. 2012-yil kimoshdi savdosiga qoʻyilgan kartina 183 million dollarga baholangan.
5. Jekson POLLOK, “17-A raqami” surati
Abstrakt ekspressionizmning koʻzga koʻringan vakili Jekson Pollok oʻziga xos drip-peynting uslubi orqali dovruq qozongan. Rassom tomonidan 1948-yil chizilgan mazkur surat 2015-yili tadbirkor Devid Geffen tomonidan 200 million dollarga sotib olingan.