Ulkan imperiya katta tortga oʻxshaydi – chekkalarini yeyish ancha oson. Benjamin Franklindan iqtiboslar


Saqlash
14:06 / 19.06.2024 0 1418

* * *

Oʻzingni mayda sarf-xarajatlardan yiroq tut. Koʻzga koʻrinmagan teshik ulkan kemani choʻktirishi mumkin.

* * *

Suvning qiymatini faqat quduq quriganida anglab yetamiz.

* * *

Hayotingdan rozi boʻlish uchun albatta sendan yomon holatda boʻlganlar bilan oʻzingni taqqoslashing darkor.

* * *

Qarz bergan odamning xotirasi qarz olgan odamnikidan yaxshiroq boʻladi.

* * *

Hayoting uzayishini istasang, yeb-ichishni kamaytir.

* * *

Seni bezdirgan mehmondan qutilishni istasang, unga qarz ber.

* * *

Oʻzini sevgan insonda raqib boʻlmaydi.

* * *

Insonlar taom tayyorlashni oʻrganganidan buyon organizm talab qilganidan ikki barobar koʻp yeyishadi.

* * *

Eng foydali sarmoya – bilimga tikilgan sarmoyadir.

* * *

Ulkan imperiya katta tortga oʻxshaydi – chekkalarini yeyish ancha oson.

* * *

Oʻz koʻnglimiz uchun yeymiz, boshqalar koʻngli uchun kiyinamiz.

* * *

Bu dunyoda ikkita qochib-qutulib boʻlmaydigan narsa bor – oʻlim va omonat.

* * *

Tinch uxlashni istasang yotoqqa toza vijdon bilan yot.

* * *

Boshqalar nomini bulgʻashdan avval oʻz qoʻlingni yuv.

Tarjimon va toʻplovchi:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 224
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 239
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 152
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 273
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236327
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115126
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68749
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57911
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52300
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41131
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39964
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39944
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//