Masxaraboz


Saqlash
16:12 / 20.12.2021 0 2526

Bemor doktorga o‘z dardini to‘kibdi:

 –  Doktorbey, tobim yo‘q. Hayotdan zavq ololmayapman. Iztiroblarimni unutolmay qiynalyapman. Ishtaham yo‘q. Tomog‘imdan qil o‘tmaydi. Ko‘z oldimdan och-yalang‘och insonlar ketmaydigan bo‘ldi. Tonggacha uxlolmay ular bilan birga sovqotib chiqaman. Jinoyat haqidagi xabarlarni o‘qiganda o‘sha jinoyatda mening ham aybim yo‘qmikan, deb o‘yga tolaman. Qotil tutgan pichoqning sopi qo‘limni kuydirayotgandek bo‘laveradi. Otilgan har bir o‘q mening qalbimga sanchilgandek azoblanaman. Jamiyatdagi barcha ayb, jinoyat va gunohlarni ortmoqlab ketayotgandek his qilaman. Kulishni tamoman unutib yubordim. Doktorbey, menga yordam bermasangiz holim xarob, – deya shikoyat qilibdi.

Doktor bemorni tekshirgandan so‘ng, yelkasiga qo‘lini qo‘yib deraza oldiga olib boribdi. Pardani tortib barmog‘i bilan ko‘cha betidagi afishani ko‘rsatibdi. Unda sirk masxarabozining rasmi bor ekan. Doktor o‘sha masxarabozga ishora qilib:

 –  Azizim, –  debdi. –  Anavi masxarabozni ko‘ryapsizmi? Har kuni oqshomda ajoyib tomoshalar ko‘rsatmoqda. Sizga tavsiyam, o‘sha tomoshaga boring, barcha iztiroblaringizni unutasiz, maza qilib kulib dam olasiz. Dilingiz yayraydi. Kasallikdan ham asar qolmaydi.

 Bemor boshini egibdi va chuqur bir uh tortgandan keyin debdi:

 –  Doktorbey, o‘sha masxaraboz, menman!

 

Aziz NESIN

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//