Inson sayozlashgani sayin oʻzini yanada buyuk sanay boshlaydi – Erix Mariya Remarkdan iqtiboslar


Saqlash
17:05 / 16.05.2024 0 1372

* * *

Sevmagan inson yolgʻizlikni oson boshdan kechiradi.

 

* * *

Ahmoq boʻlib tugʻilish ayb emas, ammo ahmoq boʻlib oʻlish aniq ayb.

 

* * *

Ayol erkakni yaxshi koʻrishini tili emas, baxtiyorlikdan porlagan koʻzlari bilan aytishi darkor.

 

* * *

Aql insonga faqat aqldan mosuvo qolmaganini anglashi uchun berilgan.

 

* * *

Baxtiyorlik nimaligini badbaxtlargina yaxshi biladi.

 

* * *

Taslim boʻlmagan inson oʻz qismatidan koʻra kuchliroqdir.

 

* * *

Hech narsani kutmagan odam hech qachon pushaymon boʻlmaydi.

 

* * *

Inson sayozlashgani sayin oʻzini yanada buyuk sanay boshlaydi.

 

* * *

Tez-tez orqaga qaragan insonning yiqilish ehtimoli koʻp.

 

* * *

Yashash uchun kurashda hamma narsasini yoʻqotgan inson – ozod insondir.

 

* * *

Bir insonning oʻlimi fojia, ikki million insonning oʻlimi esa statistikadir.

 

* * *

Agar haliyam adolat bongi chalinishiga umidingiz boʻlsa, demak yashamay qoʻygansiz.

 

* * *

Paradokslar davrida yashamoqdamiz: dunyoda tinchlik boʻlishi uchun urush qilishga majburmiz.

 

* * *

Pul juda zaruriy narsa. Ayniqsa tugab qolganida.

 

* * *

Nimagadir erishishni istasang, hech qachon natija borasida oʻylama. Yoʻqsa doimgi maqomingda qolaverasan.

 

* * *

Yaxshi xotira – doʻstlikning poydevori, muhabbatning intihosidir.

 

* * *

Pullarga chiroyli ismlar berilgan oʻlkada hech qachon fashizm boʻlmaydi.

 

* * *

Sendan kutilgan ishni qilishing, odatda, orzulangan natijani beradi.

* * *

Insonlar seni sezishlari uchun ehtiyotkor boʻlmasliging zarur.

 

* * *

Qonun bilan kurashdagi eng munosib vosita – hayosizlikdir.

 

* * *

Juda gʻalati, inson eng tabiiy harakatlardan qizarib ketadi, yaramaslikdan esa unday emas.

 

* * *

Inson amallari emas, niyatlari bilan buyuk. Uning goʻzalligi ham aynan shunda.

 

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat Bobojon

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:02 / 19.02.2025 0 220
Tutilgan tutqun

Qatra

09:02 / 05.02.2025 0 461
Kampir uxlagan, xon-chi?

Bilasizmi?

09:02 / 05.02.2025 0 206
Qarg‘ish asli qoralashmi?

Bilasizmi?

18:01 / 31.01.2025 0 334
Mahmud Koshg‘ariyning eski zontigi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 221798
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106047
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 42548
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 34466
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 32806
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29026
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 27734
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 26493
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//