Yaponlarning yaxshi odati


Saqlash
16:04 / 26.04.2024 2 888

Bugun sizlarga Yaponiyadagi eng yaxshi odat haqida hikoya qilmoqchiman. Esingizdami, Oʻzbekistonda kichkinagina, farishtadek qizchani, maktabdan qaytishida bir “monyak” avval zoʻrlab, keyin oʻldirgan edi. Bu voqeadan butun xalqimiz junbishga keldi, ijtimoiy tarmoqlar, saytlarda bir-ikki hafta dod-voy qildik… va keyin unutdik. Kechagina yana bir maktab oʻquvchisini piyodalar yoʻlagida mashina urib yuborib, halokat joyida joni uzildi. Bu kabi fojialar jamiyatimizda tez-tez boʻlmasa ham ora-orada yuz beryapti. Albatta, jinoyatchilarga qonun doirasida jazo koʻriladi, biroq, bu holatlarning oldini olish ham mumkin.

 

Xullas, bunday voqealar faqat bizda emas, hamma joyda uchraydi, ammo ularning oldini olish, kamaytirish yoʻllari turlicha. Masalan, Yaponiyada bu kabi jinoyatlarga hukumat tomonidan juda qattiq nazorat va qonun ustuvorligi bilan qarshi kurashiladi. Shuningdek, koʻpchilik yaponiyaliklar nafaqaga chiqqandan soʻng koʻngilli tarzda, tekinga maktab bolalarining xavfsizligini taʼminlashga yordam berishadi. Qanday qilib deysizmi? Juda oson: Bolalarning oʻqishga borish va qaytish vaqtlarida maxsus yashil kiyim kiygancha, qoʻllarida sariq rangli bayroq bilan piyodalar yoʻlakchasida, maktab yoʻllarida nazoratchi boʻlib turishadi. Maktab oʻquvchilari yoʻldan oʻtisharkan, bayroqlarini koʻtarib, mashinalarni toʻxtatishadi. Uylardan to maktablargacha uzangan bunday “jonli yoʻlaklar”ni koʻrgan har qanday jinoyatchi bir seskanib olishi, hatto fikridan qaytishi tabiiy. Nafaqaxoʻrlarning koʻpligini hisobga olsak, ular haftada bir kundan navbatchilik qilishganda ham yoʻllar boʻshab qolmaydi.

 

Xulosa qilib aytganda, bizda ham oʻrganilsa, tatbiq qilinsa boʻladigan tizim. Qaynonalar ertadan kechgacha kelinning ayb-kamchiligini qidirib oʻtirmasdan, qaynotalar choyxonama-choyxona yuravermasdan jamiyat uchun shunday yordam qilishsa, boshda aytilgan fojialar yoʻqolib ketardi balki. Jamiyat ichdan oʻzini oʻzi tuzatishga harakat qilmaskan, unga hech kim yordam berolmaydi. Oʻzing-chi, deydiganlar boʻlishsa, nasib etsa nafaqaga chiqqach, er-xotin haftada uch-toʻrt kun koʻchada nazoratchi boʻlib turishni niyat qilganmiz.

 

Bahodir ISKANDAROV

 

2 Izohlar

Abdualim

10:04 / 27.04.2024

Juda xam yaxshi ish ayniqsa shahar joylarda buni tatbiq qilsa ajoyib natija ko'rsatadi degan umiddaman.

Zilola

10:04 / 27.04.2024

Juda zo'r g'oya👍🏻👍🏻👍🏻 Biznikilar eeey o'lsa o'lib ketavermidimi dib g'iybat qilishdan boshqasini bilishmidi. Afsus...

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:10 / 11.10.2024 0 253
Turk boylari qanday to‘y qiladi?

Bilasizmi?

17:10 / 07.10.2024 0 235
Mushuk va shumshuk

Bilasizmi?

14:09 / 16.09.2024 0 333
Tol va kanizak

Bilasizmi?

11:09 / 16.09.2024 0 416
Avtobiografiya va memuar: ular qanday farqlanadi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 216481
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 101398
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 28314
Milliy urf-odatlar

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 26022
Kompetentlik

Qomus

12:09 / 18.09.2023 0 21203
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

12:05 / 03.05.2023 1 20503
Alpomish

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 19898
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 19452
Xarakter

//