Hamma buning sira iloji yoʻqligini yaxshi anglaydi, biroq buni bilmagan bir aqlsiz keladi va ixtirochiga aylanadi – Albert Eynshteyndan iqtiboslar


Saqlash
17:04 / 25.04.2024 1 1141

* * *

Hayot – velosiped minishga oʻxshaydi, muvozanatni saqlash uchun doim harakatda boʻlishing darkor.

 

* * *

Chegara bilmaydigan ikki narsa bor: koinot va ahmoqlik. Aslida, koinot borasida biroz shubham yoʻq emas, balki uning chegarasi bordir…

 

* * *

Savod – maktabda oʻqiganlaringdan barchasini unutgach, kallangda nima qolsa oʻshadir.

 

* * *

Inson oʻzidan ustun kelganida yashay boshlaydi.

 

* * *

Bir xil ishni bajarib, turli natija kutish ahmoqlikning oʻzi.

 

* * *

Insonlarni tarbiyalashning yagona maqbul usuli oʻrnak koʻrsatishdir.

 

* * *

Yonayotgan pechkaning ustida bir daqiqa oʻtirsang xuddi bir soat oʻtgandek, xushsurat bir xonim bilan bir soat suhbatlashsang xuddi bir daqiqa oʻtgandek tuyuladi. Mana shu nisbiylik nazariyasidir.

 

* * *

Qoida va qonunlar faqat telbalar uchun oʻylab topilgan.

 

* * *

Hamma buning sira iloji yoʻqligini yaxshi anglaydi, biroq buni bilmagan bir aqlsiz keladi va ixtirochiga aylanadi.

 

* * *

Men oʻlimga ertami-kechmi qaytarilishi kerak boʻlgan qarzdek qarayman.

 

* * *

Baxtli hayot kechirishni istasangiz odamlar va ashyolarga emas, maqsadlar sari intiling.

 

* * *

Barcha odamlar yolgʻon soʻzlashadi, biroq bundan ham dahshatlisi hech kim bir-birini eshitishni istamasligidir.

 

* * *

Mantiq sizni A nuqtadan B nuqtagacha, taxayyul esa yurak istagan nuqtgacha olib bora oladi.

 

* * *

Har mushkulot ichida bir imkon yashiringan.

 

* * *

Insonga boʻlgan ishonchimizni yoʻqota olmaymiz. Chunki, insonmiz.

 

Tarjimon va toʻplovchi:

Rahmat BOBOJON

 

1 Izoh

Abdulaziz

19:04 / 25.04.2024

Toʻgʻri iqtiboslar

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:02 / 19.02.2025 0 220
Tutilgan tutqun

Qatra

09:02 / 05.02.2025 0 461
Kampir uxlagan, xon-chi?

Bilasizmi?

09:02 / 05.02.2025 0 206
Qarg‘ish asli qoralashmi?

Bilasizmi?

18:01 / 31.01.2025 0 334
Mahmud Koshg‘ariyning eski zontigi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 221798
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106047
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 42548
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 34465
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 32806
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29026
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 27734
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 26493
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//