Yo‘qolgan o‘g‘il


Saqlash
00:12 / 20.12.2021 0 949

Yomg‘irli havoda ust-boshi xo‘l, qo‘llarida e’lon bilan ko‘zlari yoshga to‘la bir ona ko‘chalarda aylanib yurardi.

– Kurshatimni izlayapman, ko‘rgan-bilgan, xabarini eshitgan bo‘lsa, aytsin, yolvoraman. O‘n besh yildan beri o‘g‘lim yo‘q... –  derdi o‘tgan-ketganga muztar termulib.  Yoniga ohista yaqinlashdim va so‘yladim:

– Onajon, bir muammoingiz bo‘lsa menga ayting,  vazirlikda ishlayman. Albatta, biror chorasini toparmiz, – dedim. Darhol qo‘ltig‘idan tutib idoramga olib bordim. Issiqqina xonada tanasiga iliqliq yoyilib, biroz o‘ziga kelgach, o‘n besh yil oldin o‘g‘li yo‘qolib qolganini va shundan keyin hech qachon xabar olmaganini aytdi. Choli vafot etganidan keyin boyaqish ayol yolg‘iz qolibdi.

Yurak-bag‘rim ezildi va darhol telefonimni olib, mas’ul shaxslarga  holatni tushuntirdim.  Viloyat mudiri do‘stim bo‘lgani uchun bevosita undan iltimos qildim.  Keksa ayolning manzilini olib, o‘ziga xabar berishimni aytib, mashinamda uyigacha tashlab qo‘ydim.

O‘sha hafta ishimdan ortgan vaqtimni ayolning o‘g‘lini topish uchun sarfladim. Nihoyat, viloyat mudiridan ijobiy xabar keldi. Kurshat Alniachik  nomli kishi hozir 32 yoshdaligini va moliyaviy ahvoli joyidaligini bildim.  Ish vaqtidan keyin bu xabarni Halima onaga aytish uchun idoramdan yugurgilab chiqdim. Shundoq eshikni taqillatmoqchi bo‘lganimda:

– Robbim, O‘zing umidimni ado qilma! O‘lmasimdan o‘g‘limning diydoriga erishishni nasib etgin! –  deya yolvorganini eshitdim va ko‘p kuttirmay deb eshik qo‘ng‘irog‘iga qo‘l uzatdim. Eshikni ochgani zahotiyoq farzandini topganimizni aytdim.

Onaxonning ko‘zda yosh bilan meni bag‘riga bosganini unutolmayman.  Endi bu xaroba uyda yashamasligini aytdim. Mashinaga o‘tirib, menga berilgan manzilga birga ketdik. Eshik qo‘ng‘irog‘ini chalgandim, baland bo‘yli, ko‘rkam erkak ochdi. Halima ona o‘sha ondayoq o‘g‘lini tanidi va ho‘ngrab yig‘lagancha o‘g‘lini quchoqladi. Kurshatda esa sevinch hislarini ko‘rmadim. O‘zimni tanishtirdim va onasi bir necha yil ko‘chalarda uni izlaganini aytdim. Bu lahzalarda Halima ona Kurshatning yuzidan ko‘zini uzmadi.

Bu voqeadan bir hafta o‘tib-o‘tmas Halima onani yana o‘sha  ahvolda, qo‘llarida e’lon bilan uchratdim. Hayratda qotib qoldim. Bu gal yig‘lamasdi. Arvoh kabi edi.

– Ona, o‘g‘lingizni topdik-ku, yana kimni izlayapsiz? – degandek bo‘ldim. Qo‘lidagi qoraygan zarba izlarini ko‘rsatdi. So‘ng o‘n besh yil avval o‘g‘li yo‘qolmaganini, o‘z istagi bilan uning yonidan ketganini aytdi. Men Halima onani Kurshatning yoniga tashlab ketganimdan keyin, uni xaydash uchun ayolga zug‘um qilibdi. Yana yordam berishimni aytdim.

– Yo‘q, bolam, –  dedi, –  men o‘g‘limni hech topilmaydigan holatda yo‘qotgan ekanman. Men uni o‘n besh yil oldingi holida izlashda davom etaman.  Chunki inson umidsiz yasholmaydi. Menga mehr bilan qaragan jajji Kurshatimni umrimning oxirigacha izlayman.  Endi hech qachon topolmasligimni bilsam ham.

U atrofda "Kurshatimni izlayapman" deya hayqirar ekan, men ortidan mahzun termulib qolaverdim...

 

Suat O‘zge

Umida Adizova tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 15
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 93
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 197
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 514
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 932
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218663
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104448
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33585
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27247
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26232
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24734
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24715
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21607
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//