Sotilmaydigan kitob


Saqlash
02:12 / 19.12.2021 0 1190

Mustaqillik davrining boshidagi qiyinchilik yillari edi. Erkak tishga bosgulik oziq-ovqat xarid qilish niyatida uyida qo‘lga ilingudek nima bo‘lsa, hammasini bozorga soldi. Navbat kitoblarga yetdi.

 

Yoymada moliga xaridor kutib o‘tirarkan, shu zamondayam odamlar qorindan orttirib kitob sotib olayotganiga hayron edi. Kim qaysi kitobni so‘rasa, qo‘liga olib, muhtaram xotiniga yozilgan dastxatga bir ko‘z tashlab, keyin vazni va yupqa-qalinligi, qolaversa, xaridorning turqi-tarovatiga qarab narx bichar, savdo kelishib pulini olgach, gulini guliga taxlab, cho‘ntakka urardi.

 

Yana bir kitobning ilk varag‘ini ochib, ko‘zlari porlab ketdi. Qaytarib xaltasiga soldi.

 

– Sotilmaydi! – dedi cho‘rt kesib, hayratdan og‘zi ochilgan olarmonga.

 

– Nega? Ancha vaqtdan beri izlab yurgandim-a.

 

– Shu yerda o‘tirib o‘qishingiz mumkin.

 

– Qancha so‘rasangiz, beraman!

 

Erkak bosh chayqadi:

 

– Dastxat... qizimga yozilgan ekan. Sotmayman!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//