Obid Yunusov, Muhammad Yusuf, Muyassar Razzoqova... – 2024-yili yana kimlarning yubiley sanalari nishonlanadi?


Saqlash
20:02 / 23.02.2024 0 2022

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 90-F farmoyishiga asosan adabiyot, madaniyat va san’at hamda ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining yubiley sanalari yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi.

 

O‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi, ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, bastakorlar, olimlar, kino va teatr san’ati namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash orqali ularning faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsad qilingan.

 

Farmoyishga ko‘ra, adabiyot sohasida:

 

·          atoqli shoir va tarjimon Sidqiy-Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi,

·          taniqli shoir Nabixon Chustiy tavalludining 120 yilligi,

·          O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligi,

·          O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi,

·          O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligi,

·          O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi,

·          O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi;

 

 

madaniyat va san’at sohasida:

 

·  Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li (Po‘lkan baxshi) tavalludining 150  yilligi,

·  baxshi-shoir Islom Nazar o‘g‘li tavalludining 150 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Yetim Bobojonov tavalludining 120 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov tavalludining 120 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Manzura Hamidova tavalludining 110 yilligi,

·  akademik Mamajon Rahmonov tavalludining 110 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Doni Zokirov tavalludining 110 yilligi,

·  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti E’tibor Jalilova tavalludining 100 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov tavalludining 90 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov tavalludining 90 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Nurmatov tavalludining 80 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Payonov tavalludining 70 yilligi,

·  O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Anvar Ergashev tavalludining 70 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov tavalludining 70 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova tavalludining 60 yilligi;

 

 

tasviriy va amaliy san’at sohasida:

 

·  O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligi,

·  O‘zbekiston xalq rassomi Jaloliddin Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi;

 

 

ilm-fan sohasida:

 

· аkademik Bo‘riboy Ahmedov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi.

 

Farmoyishda 2024-yili yubiley sanalari nishonlanadigan atoqli shaxslarning ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy kechalar o‘tkazish, ilmiy anjumanlar, marhumlarning xotira kechalarini tashkil qilish, “Saylanma” asarlarini chop etish, hujjatli filmlar yaratish belgilangan. Shuningdek, turli tanlovlar tashkil qilish, maqolalar nashr etish, ko‘rsatuv va eshittirishlarni muntazam efirga uzatib borish nazarda tutilgan.

 

Dilfuza MAHKAMOVA,

Oyina.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 168
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 523
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 303
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 468
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 901
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112494
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64978
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54879
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49328
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39027
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38006
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36546
“Avesto”

//