Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy faoliyatiga doir yetti fakt


Saqlash
20:02 / 13.02.2024 0 2838

1. Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy salohiyati bolaligidan yuqori boʻlgan. U saroyda jang sanʼatining murakkab sir-asrorlarini Boboquli, Shayx Mazidbek, Bobo Alibek kabi ustozlaridan oʻrgangan.

 

2. Ulugʻ sarkarda 1499-yili Ahmad Tanbal bilan jangga kirish oldidan tasarrufidagi qoʻshinining tartibini besh qismga muvofiq tuzgan: Hirovul(orqa qism), barongʻor(oʻng qanot), javongʻor(soʻl qanot), gʻul(xon huzurida turuvchi maxsus harbiy qism), chagʻdavul(qoʻshinning ort qismi). Natijada, Ahmad Tanbal janggohni tashlab ketishga majbur boʻlgan. 

 

3. Bobur Hindistonni zabt etish vaqtida jangchilarning safda qatʼiy tartib-intizomga amal qilishiga eʼtibor bergan. Urushlarda “toʻlgʻama” usulini mohirlik bilan ishlatgan. Panipat, Kanva va Gagra janglarida Bobur qatʼiy intizom, toʻgʻri taktika va strategiyani qoʻllagani uchun gʻalaba qozongan.

 

4. Toʻlgʻama – jang chogʻida dushman kuchlari qanotidan aylanib oʻtish, yon va orqa tomondan zarba berish usuli hisoblanadi. Bobur toʻlgʻamaga tayinlangan askar qoʻshinining oʻng qanot (barongʻori) va chap qanot (javongʻori) uchidan joy olganlariga tajribali, sodiq hamda matonatli beklarni sardor etib saylashga ahamiyat bergan.

 

5. Ikkinchi jahon urushida Boburning jang qilish taktikasi, jumladan, toʻlgʻama usulidan Stalingrad ostonasidagi qonli urushlarda foydalanilib, Germaniyaning eng ilgʻor – 6-dala armiyasi yakson etilgan. Bu haqda ikkinchi jahon urushining sobiq qoʻmondonlari oʻz memuarlarida yozib qoldirgan. 

 

6. Bobur son jihatdan katta boʻlmagan qoʻshinini zamonaviy qurol-yarogʻ bilan qurollantirish masalasiga favqulodda eʼtibor qaratgan. U Hindistonga Kichik Osiyodan toʻp quyuvchi ustalarni taklif etib, ilk bor zambarak quyish texnologiyasini olib kirgan. Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Movarounnahr, Dashti Qipchoqda yevropacha kichik toʻp, zambarak, ulkan hajmli toʻp, tufang, miltiqdan foydalanishning keng yoyilishi bevosita Bobur bilan bogʻliqdir.

 

7. Hindiston harbiy-dengiz floti Zahiriddin Muhammad Bobur davrida takomillashdi. XVI asrgacha ushbu yurtda asosan Hind, Sind va Jamna singari daryolardan kechib oʻtishga moʻljallangan kichik hajmli qayiqlar tayyorlangan. Bobur tashabbusi bilan harbiy urushlar uchun “Gunjoyish”, “Oroyish”, “Farmoyish” nomli katta kemalar yasalgan. Bu esa oʻz navbatida janglarda yangi qoʻshin turining paydo boʻlishiga turtki bergan. 

 

Shahnoza TOJIDDINOVA tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 364
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 339
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 334
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 342
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224885
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107784
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55297
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40347
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39987
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31542
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30639
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30051
Alpomish

//