Insonlar hammasini oʻzgarishi bilan birga avvalgidek qolishini ham istashadi – Paulo Koelodan iqtiboslar


Saqlash
21:01 / 30.01.2024 0 1153

* * *

Boshqa birovning badbaxtligiga beeʼtibor boʻlgan odam aslida eng baxtsiz insondir.

 

* * *

Oʻzing bilan yolgʻiz qolishni eplolmasang, oʻzingni tushunolmaysan.

 

* * *

Dunyomiz nimaga oʻxshashini eslasang, anglaysanki, hayotingdagi bir baxtli kunning oʻzi moʻjizaga teng.

 

* * *

Yashamoq eng zararli odatdir, chunki erta-indin u bizni qabrga olib boradi.

 

* * *

Inson hamisha kelishishga urinadi. Magʻlub boʻlishimizni avvaldan bilsak-da doimo oʻlim bilan jang qilamiz.

 

* * *

Bizga yashashga kuch beradigan narsa jonimizdagi oʻlim tuygʻusidir.

 

* * *

Insonlar hammasini oʻzgarishi bilan birga avvalgidek qolishini ham istashadi.

 

* * *

Orzularingni oʻz qoʻling bilan boʻgʻishdan koʻra, boshini sila.

 

* * *

Eng katta orzularimizni roʻyobga chiqarishdan hamisha qoʻrqamiz. Biz baʼzida ularga loyiq emasdek tuyulamiz, baʼzida esa ular amalga oshmasligiga juda ishonamiz.

 

* * *

Azobdan qoʻrqish, azobning oʻzidan ham qoʻrqinchlidir.

 

* * *

Maslahat – hayot nazariyasi, tajriba esa butunlay boshqa narsa.

 

* * *

Inson odatda koʻzi bilan koʻrganlarini emas, xayolida yaratganlarini orzu qiladi.

 

* * *

Inson uchun eng qoʻl yetmas borliq uning oʻzidir.

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 301
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 547
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229498
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110613
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61058
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49815
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45236
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37547
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35706
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32704
Kompetentlik

//