“Aql va donolik bizga zarur boʻlmagan yoshda nasib etadi” – Gabriyel Garsia Markes iqtiboslari


Saqlash
20:01 / 03.01.2024 0 1207

* * *

Yashashning yagona vositasi – xotiralaring boʻgʻzingdan olishiga imkon bermaslikdir.

 

* * *

Oʻlim insonni vaqti yetganida emas, kuchi yetganida mahv etadi.

 

* * *

Dunyo sekin-asta intiho sari odimlamoqda. Chunki, moʻjizalar roʻy bermay qoʻydi.

 

* * *

Ilhom parisi faqat ishlayotganingda keladi.

 

* * *

Adabiyot – insonlar bilan hazillashish uchun eng yaxshi tomosha.

 

* * *

Xato qilish insonga xos xususiyat, oʻz xatongni boshqa birovga toʻnkay olish esa ikki karra oʻziga xos xususiyatdir.

 

* * *

Agar qaysidir ishga ayol aralashgan boʻlsa, aminmanki, hammasi yaxshi boʻladi. Menga bari kundek ravshan, dunyoni aslida ayollar boshqarishadi.

 

* * *

Hamma yuksaklikda yashashga intiladi, anglashmaydiki, asl baxt oʻsha yuksaklikka chiqish lahzalaridadir.

 

* * *

Oʻzi bilan oʻzi ziddiyatga bormaydigan yozuvchi asl ijodkor emas.

 

* * *

Hammasi tugagani uchun yigʻlama, yaxshisi jilmay, chunki har holda bular yuz berdi.

 

* * *

Xudoning mavjudligi meni shubhalantiradi doim, shuningdek, mavjudmasligi ham.

 

* * *

Aslida barcha kitoblar muallifning doʻstlari uchun yoziladi.

 

* * *

Oson qoʻlga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.

 

* * *

Aql va donolik bizga zarur boʻlmagan yoshda nasib etadi.

 

* * *

Tabassum qil! Darding sendan lazzatlanishiga yoʻl qoʻyma!

 

* * *

Keksalikning yagona siri yolgʻizlik bilan kelisha olishdadir.

 

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 380
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 431
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 256
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 232
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226504
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108852
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56290
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41586
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40944
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32230
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31197
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30948
Alpomish

//