Hasad


Saqlash
01:12 / 17.12.2021 0 1184

Aytishlaricha, Iskandar Rumiy zamonida bir jonivor paydo bo‘ldi, unga kim ro‘para kelsa darhol halok bo‘lardi. Iskandar donishmandlari bu baloni daf qilish uchun har qancha urinsalar ham, hech narsa qila olmadilar.

 

Nihoyat, bu baloni daf qilish chorasini Arastu hakim topdi. Uning buyrug‘i bilan juda ham katta oyna tayyorladilar, u oyna orqasida bir-ikki kishining bekinib o‘tirishi mumkin edi. O‘sha oyna sig‘arlik juda katta arava tayyorlab, uni aravaga ko‘tarib qo‘ydilar. Arastu oyna orqasida bekinib o‘tirdi. Aravani u jonivor turadigan joyga yaqinroq yerga keltirib qo‘ydilar.

 

Jonivor odam isini olib, arava tomoniga qarab kela boshladi. Aravaga yaqin kelgan edi, ko‘zi oynaga tushdi, oynada o‘z suratini ko‘rib, darrov yiqilib o‘ldi. Iskandar bu ishdan juda taajjublanib Arastudan buning hikmatini so‘radi. Arastu shunday bayon qildi:

 

  Ey Iskandar, bu jonivor yer ostida necha yil yotgan badbo‘y bug‘lardan vujudga kelgandi, uning ko‘zida zahri qotil bor edi, kimga ko‘zi tushsa, u kishi darrov o‘lardi. Men oldiga oyna olib bordim, uning aksi oynada paydo bo‘ldi, nazari unga tushdi. U nazar bu aks vositasi bilan o‘ziga qaytdi va o‘z nazari o‘ziga urib halok bo‘ldi.

 

Iskandar Arastuga tahsin o‘qidi.

Hasadning yomonligi shuki, u o‘ziga qaytadi. O‘t kuydirish uchun biror narsa topmasa, o‘zini o‘zi kuydiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 93
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 26
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 537
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 502
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 444
Marhamat aya sog‘inchi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225604
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108163
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55857
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41252
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40569
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31869
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30952
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30592
Alpomish

//