Hadis


Saqlash
16:01 / 03.01.2024 0 4838

Hadis (arabcha gap, suhbat) – Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytgan gaplari, qilgan ishlari va boshqa qilgan ishlarga munosabati haqida sahobalar, Paygʻambar alayhissalomni koʻrgan kishilar qilgan rivoyatlarni anglatadigan tushuncha. Hadislar mazmun-mohiyatiga koʻra odamlarni ezgulik, oʻzaro hamjihatlik, birodarlik, adolatparvarlik kabi yuksak insoniy fazilat va sifatlarga ega boʻlishga chorlaydi. Oʻn toʻrt asrdan ziyod vaqt davomida hadislar insonlarni jaholat va zalolat botqogʻidan hidoyat va najot yoʻliga daʼvat etib kelmoqda. Hadislar bir necha turga boʻlinadi. Paygʻambarimiz (s.a.v.) baʼzi hadislarni aytgan paytlarida oldilarida bitta kishi boʻlgan. Oʻsha kishi Rasululloh (s.a.v.) aytgan gaplarini boshqalarga yetkazgan. Bunday hadisni “ohod”, yaʼni, “bir kishi eshitgan hadis” deb nomlanadi. Baʼzi hadislarni aytgan paytlarida oldilarida koʻp kishilar boʻlgan va bunday hadislar “mutavotir”, yaʼni, “koʻp kishilar eshitgan hadis” deb ataladi hamda eng ishonchli hadis sanaladi. Hadislar Paygʻambarimiz (s.a.v.) hayotligida tartibga solinmagan va kitob holiga keltirilmagan edi. Birinchi hadislar toʻplami Molik ibn Anasning “Muvatto”, ash-Shofiyning “Ar-risola” va Ahmad ibn Hanbalning “Al-Musnad” asarlaridir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Muslim, Ibn Mojja kabi bir qator muhaddis olimlar hadislarni tekshirib, ularni sahih va zaifga ajratib berdilar. Eng ishonchli hadis toʻplami – “Olti ishonchli toʻplam”dir. Bu borada ulugʻ muhaddis Imom Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” asari eng mukammal toʻplam hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi muhaddislarning hadis toʻplamlari oʻzbek tilida nashr qilindi. Hadislarda ilgari surilgan tavhid, diyonat, Vatan va xalqqa sadoqat, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro hamkorlikka chorlovchi gʻoyalar yosh avlodni komil insonlar qilib voyaga yetkazishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 170
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234105
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56754
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51166
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39465
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39315
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38999
“Avesto”

//