Gʻurur


Saqlash
17:12 / 29.12.2023 0 2106

Gʻurur – insonda, uning atrofida, millati, xalqi va davlatida qadr-qimmat, nomus, izzat-nafs kabi fazilatlar mavjud boʻlishi yoki amal qilishi natijasida uning oʻzini-oʻzi hurmat qilish hissini anglatadigan maʼnaviy tushuncha. Gʻururli inson oʻz shaxsini kamsitishga yoʻl qoʻymaydi, gʻururini yoʻqotmaslik yoʻlida u har qanday qiyinchiliklardan, jazolanishdan choʻchimaydi. Gʻurur insonning yuksak maʼnaviyat egasi ekanidan dalolat beradi. Gʻurur ayni paytda nafaqat insonning oʻzi bilan, balki oʻzi mansub boʻlgan jins yoki etnik kelib chiqishi bilan faxrlanish hissini ham anglatadi. Masalan, yigitlik gʻururi, qizlik gʻururi, milliy gʻurur Lekin gʻurur meʼyorida boʻlishi, yaʼni kishining asl qadr-qimmatiga mos kelishi lozim. Gʻururdagi meʼyorning buzilishi kishining kibrga berilishiga olib keladi: u oʻzi va boshqaning qadr-qimmati toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlgani uchun kibr-havo, manmanlikka beriladi. Kibrli kishi oʻzini boshqalardan ustun deb bilsada, aslida u oʻz qadr-qimmatining oʻzgalarnikidan past ekani tufayli uni sunʼiy ravishda koʻtarishga harakat qiladi, maʼnaviy boʻshliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali toʻldirishga intiladi, bu yoʻlda yolgʻon va maqtanchoqlikdan tonmaydi. Pirovard natijada, u atrofdagilardan ajralib qoladi, oʻzgalarning nafratiga duchor boʻladi, oʻzligidan mahrum boʻlgan axloqsiz kimsaga aylanadi. Odatda davlatning qanchalik tez rivojlanishi, bu borada odamlarga kuch-quvvat baxsh etish, mamlakatning dunyo hamjamiyatida munosib oʻrin egallashi, avvalambor, xalqning maʼnaviy saviyasi, gʻururi va faxri nechogʻlik yuksak boʻlishiga bogʻliqdir. Har bir fuqaroda mana shunday tuygʻularni shakllantirish milliy gʻururning shakllanishiga xizmat qiladi. Ajdodlarimiz oʻz nasllarini umumbashariy tuygʻular, oʻlmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimiz, dilimiz va dinimizni, oʻzbekning oʻzligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazganlar. Bunday fazilatlar mohiyat-eʼtibori bilan bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha faxrlansak arziydi. Shu bilan birga, ulugʻ ajdodlarimizning tavallud sanalari faqat oʻzbek xalqi uchungina emas, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqlar uchun ham madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ekanini nazarda tutishimiz maqsadga muvofiq. Bunday tadbirlar kelajak avlodni tarbiyalashda ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Biz bunday marosimlarni oʻtkazish orqali yoshlarimizni yangi qadriyatlar asosida tarbiyalaymiz, ularning qalbiga tarixiy oʻtmishga hurmat bilan yondashish, ularni avaylab-asrash, shu xalqqa mansubligi bilan faxrlanish tuygʻularini singdiramiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 319
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 727
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 961
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231724
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111967
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64127
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53796
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48730
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38710
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37350
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35366
“Avesto”

//