Gʻoyaviy parokandalik. Gʻoyasizlik


Saqlash
11:12 / 29.12.2023 0 292

Gʻoyaviy parokandalik – jamiyat, xalq, ijtimoiy qatlamlarning oʻz maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olmagani, orzu-intilishlari va manfaatlarini ifodalovchi mafkura yaratilmagani sabab ijtimoiy ong va maʼnaviy hayotda yuzaga keladigan gʻoyaviy boshboshdoqlik, beqarorlikni anglatuvchi tushuncha. Gʻoyaviy parokandalik, odatda, muayyan siyosiy tizim oʻz hayotini tugatib, bir tuzumdan boshqasiga oʻtilayotgan, ijtimoiy siyosiy qutblashuv va ziddiyatlar kuchaygan, jamiyat turli tabaqalarga boʻlinib, har bir ijtimoiy-siyosiy kuch oʻzining tor manfaatlari doirasida oʻralashib qolgan vaziyatlarda roʻy beradi. Bu holat jamiyatning yanada tarqoqlashuvi hamda bir-biriga dushman taraflarga ajralib ketishiga olib keladi. Mamlakatda ichki ziddiyatlar kuchaygan, qatlam, toifa, milliy-etnik birliklar oʻrtasidagi qarama-qarshilik zoʻraygan hollarda ham ana shunday hol roʻy beradi. XX asrning 80-yillari oxirlarida gʻoyaviy parokandalik kuchayib, bu gʻoyaviy yoʻnalishlar borgan sari koʻproq odamlarni oʻziga jalb eta boshladi. Sobiq ittifoq tuzumi tanazzulga uchragan bir paytda xalq oʻrtasidagi ijtimoiy jonlanishning olomonchilik xarakteri va turli tartibsizliklar boshqaruv tizimi, uning turli quyi pogʻonalardagi rahbarlari, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari faoliyatida gʻoyaviy parokandalik paydo boʻlishiga olib keldi.

 

Sobiq ittifoq hukmronligining soʻnggi davrlarida, shuningdek, milliy mustaqillik va milliy davlatchilik gʻoyalari xalqning barcha qatlamlari orasida keng yoyil magan, hali milliy mustaqillik mafkurasi shakllanmagan, iqtisodiy boʻhronlar avj olgan bir davrda jamiyatdagi gʻoyaviy parokandalikni belgilab berishga shart-sharoitlar tugʻdirgan omillar asosan quyidagilardan iborat edi: kommunistik partiya gʻoyalarini boshqa barcha gʻoyalardan ustun qoʻyish; boshqaruvning maʼmuriy buyruqbozlik usulining ustuvorligi; milliy anʼanalarga eskilik sarqiti sifatida qarash; diniy tarbiyadan uzoqlashish, birdaniga diniy erkinlik berilishi; boshqaruv va ishlab chiqarishdagi koʻzboʻyamachilik, ijtimoiy boqimandalik va rahbarlar oʻrtasida korrupsiyaning kuchayishi; rahbar kadrlar tanlashning shaxsiy munosabatlar asosida amalga oshirilishi; kadrlar oʻrtasidagi masʼuliyatsizlik, davlat mulkini talon-taroj qilishga moyillik va boshqaruvdagi loqaydlik; rahbar kadrlar oʻrtasidagi qarin doshurugʻchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, milliy ayirmachilik. Turli mafkuralar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarning avj olishi, sobiq markazning buyuk davlatchilik ruhidagi totalitar gʻoyalarining davom etishi, turli ekstremistik guruhlarning intilishlari oqibatida dunyoviy davlatchilik tamoyillarini saqlab qolishga nisbatan tahdidning paydo boʻlishi; fuqarolar oʻrtasida avj olgan mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik; mamlakat rivojlanishining strategik maqsad va vazifalarini keng miqyosda yoritib, tushuntirib beruvchi umummilliy taraqqiyot dasturining toʻla ishlab chiqilmaganligi, istiqbolga doir aniq tasavvurlarning shakllanmaganligi; eski tuzumda shakllangan tuzilmalar faoliyatining davom etishi shular jumlasidandir. Umuman, XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida jamiyat dunyoqarashi, shu dunyoqarash asosidagi faoliyatni tashkil etish masalasi maʼlum bir tizimga solinmagan, jamiyatdagi tabaqa va toifalarning gʻoyaviy maqsadlari turli-tuman boʻlib, ayni vaqtda turli manfaatlar asosida faoliyat olib borar edi. Tarixdan maʼlumki, gʻoyaviy parokandalik tufayli davlatlar va xalqlar qaramlikka, iqtisodiy va mafkuraviy iskanjaga tushib qoladi, tanazzul va tushkunlikka yoʻliqadi.

 

Gʻoyasizlik – muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruhning ongi va qalbida muayyan maqsad sari yetaklovchi fikrning yoʻqligi. Gʻoyasizlik, odatda, hali oʻzligini anglab yetmagan, oʻz manfaat va imkoniyatlarini ifoda eta olmaydigan, maqsad-muddaolari va hayotiy qadriyatlarini anglab yetmagan kishilar va toifalarda uchraydi. Hayotda yuksak gʻoyasi, ezgu orzu-intilishlari boʻlmagan odam faqat tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib qoladi. oʻ. maʼnaviyati tuban, iymon-eʼtiqodi sust, mafkurasi buzuq kimsalarni yuzaga keltiradi. Oʻz oʻtmishi va nasl-nasabini bilmaslik, tarixiy xotirani unutish ham gʻoyasizlikning bir koʻrinishidir. Bunday kimsalar oʻz ota-onasiga qoʻl koʻtarishi ham, oʻz Vatanini sotishi ham mumkin. Gʻoyasizlik ijtimoiy xatarli hodisa boʻlib, shu jamiyat va xalqqa yot boʻlgan begona kuchlar bunday odamlardan mafkuraviy taʼsir va ruhiy tazyiq orqali oʻz gʻarazli niyatlariga yetish maqsadida foydalanadilar. Milliy istiqlol mafkurasi oʻzining hayotbash gʻoyalari, buyuk maqsadlari bilan gʻoyasizlikning har qanday koʻrinishini inkor etadi. U oʻz kuch-gʻayrati, aql-zakovati va hayotini yuksak gʻoyalar yoʻlida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 251
Yaponlarning yaxshi odati

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 220
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 411
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 888
Onasini eng uzoq kutgan farzand



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204548
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95713
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21956
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19716
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15117
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14951
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12865
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11779
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya