Gʻayrioddiylik


Saqlash
18:12 / 28.12.2023 0 886

Gʻayrioddiylik (arabcha gʻayr – boshqa, oʻzga; oddiy – har vaqtdagidek) – tabiat va jamiyat hodisalarini inson ongida aks etishi (gnoseologik) jarayonlarining turli xususiyat va bosqichlarini ifodalaydigan falsafiy kategoriya. Gʻayriaxloqiylik tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining hali ilmiy tajribada oʻrganilmagan tomonlarini ifodalaydi. Masalan, hali fanda toʻliq oʻrganilmagan elektromagnit maydon xossalari, Yer sharining ayrim nuqtalarida ayrim vaqtlarda magnit maydoni kuchining (odatdagiga nisbatan koʻproq) oshib ketishi hollari, quyoshda sodir boʻlayotgan magnit boʻronlari natijasida vujudga keladigan iqlim, radiatsiya sharoitlarining kutilmaganda oʻzgarish holatlari gʻayrioddiy voqeliklar jumlasiga kiradi. Gʻayriaxloqiylik jamiyat taraqqiyotida ham (determinizm va ehtimollik qonuniyatlari) uchraydi. Masalan, sinergetika taʼlimotiga binoan, tabiat va jamiyat taraqqiyoti uzluksiz yangilanib turish jarayonidan iboratdir. Bu jarayon doim oldindan rejalashtirish, koʻra bilish mumkin boʻlgan natijalar bilan tugamay, balki koʻzlangan maqsadlardan uzoq, kutilmagan, gʻayrioddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, texnogen va antropogen muammolar voqelikning gʻayrioddiy ifodasidir.

 

Gʻayriaxloqiylik inson uchun tabiiy boʻlib, yaʼni anglab olingan bilimlar mantiqiga mos kelmaydi. Shuning uchun gʻayriaxloqiylik boʻlib tuyulgan voqea-hodisa tabiat va jamiyatda sodir boʻlsada, ularni baʼzan “gʻayritabiiy voqelik”, “gʻayritabiiy qobiliyat”, “gʻayritabiiy kuch” va hokazo sifatida ham talqin etiladi. Masalan, Nostradamus, Volf Messing, Vanga va boshqaning tabiiy qobiliyatini insonlar uchun odat boʻlib qolgan faqat bugungi bilimlar tajribasi va xulosalari yordamida tushuntirib boʻlmaydi. Biz uchun hozircha “gʻayrioddiy” hisoblanadigan voqea-hodisaga toʻliq baho berish uchun inson fiziologiyasi, psixologiyasi, intuitiv bilish imkoniyatlari sohasidagi bilimlarimizni yanada chuqurlashtirish talab etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 407
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 363
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 693
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 415
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 596
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233394
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112994
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66401
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55740
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50117
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39250
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38590
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37646
“Avesto”

//