Gʻayriaxloqiylik


Saqlash
17:12 / 28.12.2023 0 977

Gʻayriaxloqiylik – maʼnaviy buzilish oqibatida shakllanadigan, rasman tan olingan yoki amalda mavjud boʻlgan axloq meʼyorlari, talablar, anʼanalar, xulq-atvor namunalari mos kelmaydigan kishilarning xatti-harakati, xulqini anglatuvchi tushuncha. Gʻayriaxloqiylikni belgilash mezonlari mutlaq yoki nisbiy boʻlishi mumkin. “Yolgʻon soʻzlama”, “ota-onangni xoʻrlama”, “zoʻravonlik qilma”, “birovning joniga qasd qilma”, “oʻgʻrilik qilma”, “boshqalarga yomonlikni ravo koʻrma” kabi oddiy axloqiy mezonlar insoniyat tomonidan asrlar mobaynida ishlab chiqilgan, vaqt sinovidan oʻtgan va umumeʼtirof etilgan qadriyatlardir. Gʻayriaxloqiylikni belgilashning mutlaq mezoni ana shu tamoyillarga asoslanadi. Maʼnaviy mezonlarning nisbiyligi esa turli jamiyatlarda yaxshilik va yomonlikning har xil tushunilishi bilan bogʻliq. Inson xulq-atvorida gʻayriaxloqiylik deb tan olingan xatti-harakat boshqa madaniyat yoki tarixiy davrga taalluqli meʼyorlar, anʼanalar, maʼnaviy qoidalarga zid boʻlmasligi mumkin. Kishilarning axloq meʼyorlariga zid, milliy ong orqali shakllangan xulqi ham gʻayriaxloqiylik deb baholanishi mumkin. Shuningdek, axloqiy meʼyorlar siyosiy va mafkuraviy tavsifda boʻlgan jamiyatda (yaʼni, siyosiy maqsadlar va gʻoyaviy ideallarga moslari axloqiy hisoblanadigan jamiyatda) umuminsoniy axloqiy mezonlarga asoslangan xulq gʻayriaxloqiylik sifatida baholanishi mumkin. Shuning uchun u tanqidga hamda jamiyat tomonidan rad etilishga mahkum deb hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 343
Kuni irimga qolgan ilm



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237199
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115602
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69508
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52848
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42626
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40695
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40343
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//