Gʻayratlilik


Saqlash
17:12 / 28.12.2023 0 709

Gʻayratlilik – insonning biror faoliyatni amalga oshirishdagi shijoati, oʻz kuch-imkoniyatini toʻliq safarbar etish, mehnatni samarali tashkil qila olish qobiliyatini anglatuvchi tushuncha. Gʻayratlilik insonda faollik, qatʼiyat, shijoat kabi xislatlar mavjudligini koʻrsatadi.

 

Gʻayratli odamlar: a) maqsadga erishmaguncha tinmaydigan; b) erishilgan natija bilan chegaralanmaydigan; v) har qanday ishni avvalgidan ham koʻra yaxshiroq bajarishga harakat qiladigan; g) yuksak natijalarga erishgach, quvonch va mamnunlik hissini boshdan kechira oladigan; d) strategik va qiyin maqsadlarni koʻzlaydigan; ye) yengil va oson vazifalar bilan cheklanmaydigan; j) yangi va yanada yuksak natijalarga erishib, ishini astoydil va sidqidildan olib boradigan kishilardir. Gʻayratlilik shaxsning qadriyatlari va maʼlum faoliyat turida muvaffaqiyatga erishishi ehtimoliga ham bogʻliq. Demak, insondagi gʻayratlilik xususiyati yuqorida keltirilgan barcha sifatlar bilan uygʻun boʻlishi shart. Gʻayratlilikda doimiy shijoat, qatʼiyat, shiddatlilik, oʻz fikri va ishida sobitqadamlik mujassam boʻlgani sababli bunday sifatlar yetakchi yoki rahbar shaxs faoliyatida namoyon boʻladi. Yetakchida gʻayratlilik uning intilishi va shijoati, aniq maqsad sari harakat qilishi, oʻz kuchi va imkoniyatiga ishonchi kabi sifatlarida namoyon boʻladi. Gʻayratlilik undan oʻz bilimi va imkoniyatiga ishonchini, oʻzidagi zaif va kuchli tomonlarini aniq bila olish, oʻzidagi bor salohiyatni muvaffaqiyatga yoʻnaltira olishni talab etadi. Bu esa mazkur shaxs faoliyatining samarali boʻlishini taʼminlaydi. Qatʼiyat va shijoatning hissiyot bilan uygʻunlashuvi kutilmagan tezkor natijalarga olib kelishi mumkin. Fiziologik jihatdan gʻayratlilik shaxsning uzoq muddat davomida murakkab vazifalarni bajarishga bardoshlilik qobiliyatini ham bildiradi.

 

Shaxsdagi gʻayratlilikda uning quyidagi sifatlari ifodalanadi: a) tashkilotchilik qobiliyati; b) boshqa odamlar mehnati uchun rahbarlik masʼuliyatini his etish; v) tashkilotchilik faoliyatiga ichki ehtiyoji; g) ishlarni bajarishda emotsional koʻtarinkilik holatini his etish. Gʻayratlilik har qanday ishda shaxsning faolligi, shijoati, shiddati, tashkilotchiligiga tayanar ekan, bu xislat nafaqat boshqaruvda, balki oʻquv faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻquv faoliyatidagi gʻayratlilik, birinchi navbatda, insonning oʻquv faoliyatiga kirishib ketishi hamda uning bu boradagi yutuqlari, qatʼiy tamoyillari, qadriyatlari, dunyoqarashi va eʼtiqodini bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38919
“Avesto”

//