Qonun


Saqlash
01:12 / 28.12.2023 0 990

Qonun – obyektiv olamdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi aloqadorlikning shakli, biror-bir narsaning zaruriy ravishda paydo boʻlishini ifodalovchi qoida, shuningdek, insonning jamiyatdagi xatti-harakatlarini belgilab beruvchi yoʻl-yoʻriq, qoidalar yigʻindisi (axloqiy va huquqiy qonunlar). Nazariy bilimlar tizimida qonun masalasi markaziy oʻrinni egallaydi. Agar Beruniy, Galiley, Nyuton qonunlari klassik mexanikaning negizini yaratgan boʻlsa, Ibn Sinoning tib qonunlari tibbiyot ilmining asosini tashkil etadi. Maksvell qonunlari klassik elektrodinamikada, genetikada Mendel qonunlari ana shunday ahamiyat kasb etadi. Qonun avvalo, munosabatni ifodalaydi. Gegel aytganidek, barcha mavjud narsalar oʻzaro munosabatda boʻladilar, mana shu oʻzaro munosabat har qanday mavjudlikning asosidir. Har qanday qonun dunyodagi barqarorlik, “sokinlik”ning inʼikosidir, sokinlik esa, munosabat orqali ifodalanadi. Har qanday qonun maʼlum sharoitlarda zaruriyatni ifoda etadi. Masalan, Arximed qonuni gaz yoki suyuqliklar uchun “ogʻirlik kuchi” va “itaruvchi kuch” kattaliklari orasidagi zaruriy bogʻlanishni koʻrsatadi.

 

Tabiat, jamiyat va tafakkur rivojini ifodalovchi qonunlarni 3 turga ajratish mumkin: 1) xususiy; 2) umumiy; 3) eng umumiy. Birinchi guruhdagi qonunlar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiradagi aloqalarni funksional tarzda ifodalaydi. Ikkinchi guruhga hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasidagi munosabatni ifodalovchi qonunlar kiradi. Uchinchi turdagi qonunlar, tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy aloqadorliklari, jihatlari, taraqqiyoti, tendensiyalarini ifodalaydi.

 

Qonunlar 2 ta funksiyani bajaradi: 1. Tushuntirish. Maʼlumki, fan biror-bir hodisaning shunchaki mavjudligini, roʻy berishini eʼtirof etmasdan, u qanday mavjud boʻlishi va roʻy berishini tushuntiradi, uning mohiyatini ham ochib beradi. Tushuntirishning asosiy koʻrinishlari quyidagilardan iborat: sababli, funksional, tuzilmaviy. 2. Bashorat qilish (ularni koʻpincha nazariy qonunlar ham deb ataladi). Bu funksiya empirik qonunlarning mavjudligini keltirib chiqarishda, bashorat qilishda namoyon boʻladi. Masalan, elektr nazariyasi asosida Maksvell elektromagnit toʻlqin nazariyasini yaratishga muvaffaq boʻldi, soʻng ushbu fundamental nazariya asosida bir qancha tajribalar oʻtkazildi, empirik qonunlar kashf etildi. Jamiyat qonunlari ham inson hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu sababdan ham Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida Asosiy Qonun – Konstitutsiya (1992) va qonunlar majmui yaratildi. Ular mamlakatimizda demokratik jamiyat va erkin hayot barpo etish vositasidir. Qonun kategoriyasining mazmunini chuqurroq bilish obyektiv olamdagi va jamiyatdagi oʻzaro aloqadorlik mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38918
“Avesto”

//