Qalb


Saqlash
15:12 / 27.12.2023 0 2764

Qalb (arabcha yurak) – koʻngil, ruhiyat, kayfiyat, tafakkurga bogʻlab ishlatiladigan va inson ruhiy holatini ifodalaydigan maʼnaviy tushuncha. Qalb xalq tilida koʻproq insonning koʻnglini bildiradi. “Koʻnglingga kelganini qil”, “koʻnglim shuni tusayapti” deganda, qalb bilan, qalb amri bilan qilinadigan ishlar, xatti-harakatlar va faoliyatlar tushuniladi. Shuning uchun qalbi pok, qalbi toza deyilganda, kishining turish-turmushidagi, kishilar bilan boʻlgan ijobiy munosabatlarining mujassamligi tushuniladi. Qalb, shuningdek, biror narsaning shakl va maʼno jihatdan oʻrtasi, islomda javhar makoni, eʼtiqod va ijodda esa imon gavharining joyi, koʻngil, dil, vijdon, yurak, gʻaybiy mushohada maskani, ilohiy ishq joyi, ilmi laduniy yeri, ilohiy nurlar zuhurlangan joydir.

 

Tasavvufda qalbning yetti tabaqoti sanaladi: 1. Sadr – koʻkrak, islom javharining oʻchogʻi. 2. Qalb – yurak, imon javharining joyi. 3. Shitof – xalqni sevish, xalq uchun kuyinish joyi. 4. Fuod – koʻngil, gʻaybiy mushohada maskani. 5. Hibbat ul-qalb – ilohiy ishq joyi. 6. Suvaydo – gʻaybiy mukoshafa, ilmi laduniy yeri. 7. Muhtajun qalb – ilohiy nurlar zuhurlangan joy. Qalbni pok, toza asrash insondagi maʼnaviyatning qay darajadaligi, halol-haromning farqiga borganligi bilan belgilanadi. Yuksak maʼnaviyat va maʼrifatga, xolislikka, poklikka intilgan shaxsning qalbi ham begʻubor, pok boʻladi va shu asnoda uning faoliyati, kimligi ham oʻz ifodasini topadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 312
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 420
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 641
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235047
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114326
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68247
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57290
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51642
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40243
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39648
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39535
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//