Toshqin oqizib ketgan mashina – sardobalik muallim hikoyasi


Saqlash
01:12 / 15.12.2021 0 1188

– Bunday voqealarni faqat kinoda ko‘rgan edim. Sizlarga aytsam hozir, ertakday tuyuladi...

O‘sha suv toshgan kuni uy-joyini, mol-holini tashlab jonhaybatda qochayotgan odamlarning yuz-ko‘zidagi tahlika hech esimdan chiqmaydi. Ollohim hech bir bandaga bunday holatni ko‘rgulik qilmasin!

 

Mashinamda odamlarni toshqin yetib bormaydigan joylarga tashidim ertalabdan. Faqat men emas, Guliston, Baxt taraflardan ham mashinalar kelib, kun bo‘yi yurtdoshlarimizga xizmat qildi. Tekin.

 

Olloh rozi bo‘lsin, o‘sha kuni shu atrofdagi metan gaz, benzin quyish shaxobchalari ham odamlarni xavfdan qutqarayotgan mashinalarga tekin yonilg‘i quyib turdi!

 

... Endi har xil odam bor. Kirakashlik qiladigan bir hamqishlog‘imiz o‘sha kuni suv balosidan qochayotgan odamlarni, o‘zimizning hamqishloqlarni 2 ming so‘mlik joyga 20 mingdan, 3 ming so‘mlik joyga 30 mingdan pulini olib tashidi...

 

Olloh buyuk! Bilasizmi, o‘sha kuni odamlarga tekin xizmat qilgan qancha mashinalar qolib, o‘sha qishloqdoshimizning, g‘am-kulfatdan ham pul qilgan kishining mashinasini suv olib ketdi! Urilib-surilib, parcha-parcha temirga aylanib qoldi!

 

Eskartish:  kuni kecha ukam Samarqanddan qaytishda Sardobadan 30-35 yoshlar chamasi bir yigitni Toshkentgacha olib kelganida shu gurungni beribdi. O‘zi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ekan maktabda. Ukam jurnalist emas-da:  ismini so‘ramabdi...

 

Husan Karvonli

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 74
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 134
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 394
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 622
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 583
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233981
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113328
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67779
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56687
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51093
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39449
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39289
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38914
“Avesto”

//