“Oʻzbekiston – yagona Vatan”


Saqlash
16:12 / 25.12.2023 0 17512

“Oʻzbekiston – yagona Vatan” – respublikada yashovchi barcha millat, elat, din vakillarining Oʻzbekistonni oʻz Vatani sifatida tan olishini anglatuvchi gʻoya. Oʻzbekiston mustaqilligining eng katta yutuqlaridan biri yurtimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning taʼminlanishidir. Uning huquqiy asoslari Asosiy qonunimizda mustahkamlangan. Zero, Konstitutsiyada taʼkidlanganidek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130dan ortiq millat va elat vakillari, irqiy, milliy mansubligi, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquqlidir. Bugun “yagona Vatan” – “yagona xonadon” tushunchasi yangicha mazmun kasb etmoqda. Barcha fuqarolarning yagona oila, butun mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissi oshmoqda. Albatta, bu borada milliy ravnaq, har bir millatning oʻziga xosligi, tili va madaniyatini takomillashtirish qonun bilan kafolatlangani muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham umumiy xonadon tinchligi, osoyishtaligi uchun masʼullik burchi fuqarolarning yuksak darajadagi vijdon va imon ishiga aylanmoqda. Shaxsning, millat, elat vakilining jamiyat oldidagi burchi, masʼuliyati oshmoqda. Oʻzbekistonda yashovchi har bir millat vakili respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi – farovonlikdan, osoyishtalik, tinchlik va barqarorlikdan manfaatdordir. Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi – hamma uchun muqaddasdir. Koʻpmillatli mamlakatimiz fuqarolari orasida hamjihatlik va birodarlik tuygʻularini kuchaytirish “Oʻzbekiston – yagona Vatan” gʻoyasining amalga oshishini taʼminlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 221
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 427
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67892
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56850
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51291
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39505
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39366
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39127
“Avesto”

//