Oʻjarlik


Saqlash
16:12 / 21.12.2023 0 653

Oʻjarlik – oʻz soʻzida qaysarlik bilan turib olish, oʻz maqsadi va muddaosidan qaytmaslik, jamiyatda shakllangan ijtimoiy meʼyor va qoidalarga oʻz xulq-atvorini boʻysundirmaslikning turgʻun shaklini anglatuvchi tushuncha. Bunday xulq-atvor hayotda oʻz oʻrnini topish motivi bilan shartlangan, shuningdek, oʻjarlik xarakterning salbiy xususiyatlarini shakllantiruvchi omil sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Odatda, oʻjarlik intellekt darajasi past boʻlgan odamlarga xosdir. Oʻjarlikning kelib chiqish sabablari bolalik va oʻsmirlik davrlaridagi notoʻgʻri tarbiyaga borib taqaladi. Bu narsa qoʻpollikda, bolaga asossiz talablar qoʻyishda, behuda va haddan ziyod gʻamxoʻrlikda yoki bolaning mustaqillikka boʻlgan haqqini poymol qilishda namoyon boʻladi. Koʻpincha oʻjarlik bolalarda 1–3 yoshlarda paydo boʻladi. Uning psixologik negizi “Men” hissining shakllanishidir. Bola barcha narsani oʻzi bajarishga intiladi va uning imkoniyatlarini cheklashlariga qarshi turadi. Bola mustaqilligi va faolligining taraqqiy etishi, oʻzini nazorat qila olishi uning “Men”i shakllanishining iroda bilan bogʻliq jihatini bildiradi. Oʻjarlikning kelib chiqishini yagona sabab bilan bogʻlab boʻlmaydi, faqat shuni taʼkidlash mumkinki, ota-ona va farzandlar oʻrtasida munosabatlarning buzilishi oʻjarlik negizining asosiy shartlaridan biridir. Boladagi “Men” hissi, uning iroda, emotsiya va temperamentini ota-ona tomonidan noadekvat baholanishi bola xulqida maʼlum muammolarni yuzaga keltiradi va oʻjarlik shakllanishidagi omillardan biri boʻlib hisoblanadi. U insonning maʼnaviy yuksalishiga koʻpincha salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻjarlikning muqobili surlik, qaysarlik kabi illatlardir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 334
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 569
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229637
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110721
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61185
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50115
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45467
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37658
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35783
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32770
Kompetentlik

//