Bilasizmi?
Yangi Oʻzbekiston – Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan asoslab berilgan va jahon ilmfanida Davlatimiz rahbari muallifi sifatida eʼtirof etilayotgan atama, jamiyatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yangi Oʻzbekistonni barpo etish, uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi islohotlarning tayanch gʻoyasini ifodalaydigan tushuncha. Ayni paytda, ana shu gʻoya asosida “Yangi Oʻzbekiston – uchinchi Renessans sari” shiori shakllanayotgani ham bejiz emas. Yangi Oʻzbekiston avvalo, xalqimiz milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻygani, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallayotgani va oldimizda koʻplab yangi imkoniyatlar paydo boʻlganini anglatadigan tushuncha hamdir. Yangi Oʻzbekiston bu: mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlikning yangi, yuksak bosqichi; “Xalq manfaati hamma narsadan ulugʻ” degan ezgu gʻoya amaliy ishlar bilan oʻz tasdigʻini topayotgan davr. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshayotgan davr; kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, madadga muhtoj insonlar va oilalarga chinakam koʻmak va yordam berish, mehr-oqibat koʻrsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgan davr; jahon hamjamiyati bilan, eng avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz bilan doʻstlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayotgan, mamlakatimizning jozibador qiyofasi yaratilayotgan zamon; oʻzgarib, kuch-kudratga toʻlib borayotgan, dunyo ahli eʼtirof etayotgan yangilangan jamiyat, yangi jozibador chiroy ochayotgan mamlakatdir.
Yangi Oʻzbekiston tushunchasi yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, kelajak sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom boʻlishini taʼminlash eng asosiy vazifa boʻlishi zarurligidan dalolat beradi. Bu jarayonda tinchlik va osoyishtalikni asrash, jahon hamjamiyati, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan doʻstlik va hamkorlikni kuchaytirish, mustaqil Oʻzbekistonning, jahon hamjamiyatida oʻziga xos va munosib oʻrni bor davlat sifatida, avlod-ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish bilan birga, ushbu anʼanalarni yanada yuksakroqqa koʻtarish zarurati Yangi Oʻzbekiston tushunchasining mazmun-mohiyatini va maqsad-muddaolarini ifodalaydigan chuqur tarixiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojga, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatlar mezoniga aylandi. Bu borada ham insoniyat toʻplagan tajriba, ayniqsa soʻnggi asr oʻrtalaridagi tanazzul holatidan qutilib, bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan oʻrin olgan baʼzi davlatlarning yutuqlariga doir hayotiy misollarni oʻrganish koʻplab masalalarga javob izlashda qoʻl kelishi mumkin. Aslida, XX asr soʻngiga kelib rivojlangan davlatlar darajasiga yetgan mamlakatlar ana shunday sermashaqqat islohotlar va oʻzgarishlar yoʻlidan bordilar. Yaponiya, Koreya, Xitoy, Singapur kabi davlatlar yangi “dunyo moʻjizalari”ni yaratdilar. Bugun, bizning mamlakatimizda ham oʻz umrini yashab boʻlgan eski paradigmalar chekinib, yangi davr boshlandi, yangi voqelik boʻy koʻrsatmoqda. Ulkan imkoniyatlar, keng koʻlamli islohotlar davri keldi. Bu jihatdan Yangi Oʻzbekiston strategiyasi mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni yaratish, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishning eng muhim omillari, asosiy tamoyillari va ustuvor yoʻnalishlarini ifodalaydigan hayot va faoliyat dasturidir. Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekiston tasodifiy hodisa, joʻngina dunyoga keladigan va oʻtkinchi bir ijtimoiy voqelik emas, albatta. Bu jihatdan, mazkur zamonaviy fenomenning mazmun-mohiyati va oʻziga xos xususiyatlarini aniq-tiniq tasavvur etishimiz zarur.
Shu munosabat bilan, insoniyat tarixi va xalqlar taraqqiyotining bir qonunini ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Bunday murakkab jarayonlarda inkor, yangilanish va vorislik tamoyillari oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Davr oʻtadi, odamlar qoladi. Ularning orasida yangilikka intiluvchilar, islohotlarga daxldorligini chuqur his etuvchi va yangilanishlarning omilkor ishtirokchisiga aylanuvchilar koʻpchilikni tashkil qiladi. Lekin eskilik qon qoniga singgan, butun vujudi bilan yangilikni istamaydigan konservatorlar ham, yashash oson joylardan turib turli gʻoyalarni tarqatadiganlar ham saqlanib qoladilar. Afsuski, bugungi davr ham bundan mustasno emas. Bundaylar islohotlar va yangilanishlarni ichdan buzish, obroʻsizlantirishga urinadilar. Bu yoʻlda moʻmay pul ilinjidagi ayrim “qalamkashlar”, uzoq-yaqindagi alamzada “nazariyotchi” va “amaliyotchilar”, baʼzi axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga yopishib olgan gʻoʻr va tajriba siz “OAV yulduzlari”ni qoʻlga oladilar. Arzimagan narsalardan, yaʼni “pashshadan fil”, kichik bir hodisa yoki juzʼiy kamchiliklardan fojia yasashga, islohotlar jarayonini qoralashga, uni ortga qaytarishga harakat qiladilar. Lekin, Yangi Oʻzbekiston ular oʻylagan yoʻldan bormaydi, islohotlar jarayoni ortga qaytmaydi. Tobora yangilanayotgan mamlakatimizda amalga oshirila yotgan islohotlar ochiqlik va oshkoralik, shaffoflik zamoni, keng va chuqur yangilanish davrining yuksak timsoli sifatida amalga oshirilishi shubhasiz. Bu esa, oʻz navbatida “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining fenomenal jihatlari va oʻziga xos xususiyatlarining zamon sinovlaridan oʻtishi va davr talablariga javob berishidek murakkab jarayonning hosilasi sifatidagi istiqboli va imkoniyatlarini belgilaydi.
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q