Yangilanish


Saqlash
17:12 / 20.12.2023 0 803

Yangilanish – ijtimoiy hayot sohalarida jamiyat amal qilib kelgan munosabatlar, qarashlar va yondashuvlar, tamoyillarning yangicha idrok etilishi, mustaqillik va uning talablariga mos ravishda takomillashtirish, qayta tashkil etish, oʻzgarishlarni amalga oshirishdir. Yangilanish – yangicha qarash, mustaqillik tafakkuri tamoyillari asosida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy sohalarini tubdan isloh etilishi bilan bogʻliq. Ilgari amal qilib kelgan gʻoyaviy-mafkuraviy tamoyillarning oʻrnida yangi fikr, gʻoya va mafkuralar, maqsad hamda vazifalarning belgilab olinishi hayotning strategik yoʻnalishlari, uning milliy-maʼnaviy negizlari, umummilliy tamoyillardagi yangicha mezonlarni oʻzida ifoda etadi. Yangilanish keng tushuncha boʻlib, u jamiyat miqyosida amal qilishi yoki uning biron-bir sohasini qamrab olishi, hatto mintaqa, dunyo miqyosidagi koʻlamga ega boʻlishi mumkin. Masalan, jamiyatning yangilanishi; iqtisodiyotning yangilanishi; ong va tafakkur yangilanishi; maʼnaviy hayot, qadriyatlarning yangilanishi va hokazo. Yangilanish tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining ajralmas qismidir. Yangilanishning taraqqiyotdan farqi shundaki, taraqqiyot koʻproq miqdoriy koʻrsatkichlar bilan ifodalansa, yangilanish uning sifat belgilarini ifodalaydi. Masalan, taraqqiyot qanchalik ijobiy va keng qamrovli boʻlsa, ilm, fan, texnika, iqtisod va boshqa sohalarning yangilanishi shunchalik keng va samarali boʻladi.

 

Yangilanish tabiatda evolyutsion qonunlar asosida bevosita va uzluksiz ravishda amalga oshadi, jamiyatda esa, u ilm-fan, maʼnaviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa qadriyatlar taʼsirida bilvosita sodir boʻladi. Jamiyat iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sohada qancha erkin boʻlsa, ijtimoiy taraqqiyot shunchalik tezkor va samarali boʻlib, ijtimoiy yangilanishni muntazam taʼminlab turadi. Agar jamiyat oʻz erkini yoʻqotib, mustamlaka siyosat taʼsiriga tushib qolgan boʻlsa yoki mustaqillikni mustahkamlash bilan bogʻliq oʻtish davrini boshdan kechirayotgan boʻlsa, bunday sharoitda jamiyatning yangilanishi oʻtish davri vazifalarini hal qilishni taqozo qiladi. Yangilanish ham taraqqiyot mahsuli, ham uning rivojlantiruvchi kuchi sifatida xizmat qiladi. Maʼlumki, XVII–XVIII asrlarda ilm-fan, falsafa sohalarida Yevropada roʻy bergan ijtimoiy yangilanish Angliya, Niderlandiya, Fransiyada yuz bergan sanoat inqilobining taʼsiri edi. Bu inqilob ilm-fanning jadal rivojlanishiga zamin hozirladi. Radioelektronika, atom energiyasidan foydalanish, kimyo, sunʼiy moddalar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning tubdan yangilanishiga olib keldi. Jumladan, bozor munosabatlari iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omili sifatida jahon miqyosida tan olinishi, totalitar tuzumning inkor qilinishi, demokratiya xalqaro munosabatlar tamoyillariga aylanib borayotgani yangilanishning universal xususiyatlaridan kelib chiqadi. Yangilanish – jamiyat ijtimoiy hayoti va inson tafakkurida yuz beradigan oʻzgarishlar majmuasi. Yangilanish odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, maʼnaviyatga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi.

 

Yangilanishda moddiy jihatdan taʼminlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xosdir. Yangilanishga intilish esa ruh va ong egasi boʻlmish odamga xos fazilatdir. Shu maʼnoda, yangilanish – inson ruhiy va aqliy olamining majmui sanaladi. Yangilanish – jamiyat, millat yoki alohida individning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha boʻlmay, u butun bir jamiyat uchun ham xosdir. Yangilanish inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti maʼlum yoʻnalishining bosh omilidir. U muayyan iqtisodiy, ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, oʻzgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Yangilanish kengayib, amaliyotga izchil singdirib borilsa, jamiyat ravnaq topadi, va aksincha, yangilanishlar toʻliq boʻlmasa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutishi mumkin. Mustaqillik yillarida yangilanish masalalariga munosabat tubdan oʻzgarib, uning boyib borishiga kuchli eʼtibor berilayotganining boisi ham shunda. Toʻlaqonli yangilanishlarsiz buyuk davlat qurib boʻlmaydi. Yangilanish jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Shu maʼnoda, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning biz tanlagan yoʻli – respublika hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oladi. Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirish toʻrt asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning maʼnaviy merosini asrab-avaylash va rivojlantirish; insonning oʻz imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlikdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 47
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 235
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35347
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26664
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25380
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//