Yangi tafakkur


Saqlash
16:12 / 20.12.2023 0 930

Yangi tafakkur – olamga hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur koʻzi bilan qarashni, vijdon uygʻoqligi, fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoqni, fidoiylikni, oʻzini buyuk maqsadlar sari safarbar etib, ezgulikni kundalik faoliyat mezoniga aylantira olishni anglatuvchi tushuncha. Istiqlolga erishganimizdan keyin kishilar ongida xalqimizning, yurtimizning ulugʻ tarixi va betakror madaniyati bilan, shu muqaddas zaminda yashayotganimiz bilan faxrlanish tuygʻusi ortib bormoqda. Yangi tafakkur farovon kelajak, munosib hayot, mustaqil davlatchilik va adolatli jamiyat barpo etish kabi ulugʻvor maqsadlarga erishish yoʻlida xalqimizning ruhini koʻtaradigan milliy mafkura asosida shakllanmoqda. Shu bois islohotlarning dastlabki bosqichida milliy qadriyatlarni tiklash, odamlar tafakkuridagi qullik kishanini yoʻqotish, ularda oʻzlariga ishonchni mustahkamlashga alohida eʼtibor berildi. Albatta, islohotlar – yangi tafakkur, yangicha izlanishlar mevasi. Biroq har qanday islohot ham, avvalo, inson manfaatiga, uning hayot sinovidan oʻtgan tajribalariga va yangi jamiyatning ehtiyojlariga asoslanishi lozim. Tubdan yangilanish davrida anʼanalarga tayanib ish tutish, ulardan yangi oʻzgarishlarga mos holda oqilona foydalanish islohotlarning izchil va sobitqadamlik bilan amalga oshishiga hamda jamiyat barqarorligiga xizmat qiladi.

 

Jamiyatni demokratiyalashtirishning ikkinchi muhim sharti odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik oʻzgarishlar darajasi va surʼatlari bir-biriga qanchalik mutanosib boʻlishiga bogʻliqdir. Shu maʼnoda, kishilarimizning mustaqil fikr lashga oʻrganishi, oʻziga ishonchining orta borishining ahamiyati beqiyosdir. Chunki tafakkur ozod boʻlmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson tom maʼnoda ozod va erkin boʻla olmaydi. Taraqqiyot taqdirini maʼnaviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati maʼnaviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan uygʻun holda rivojlanib borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-maʼnaviy salohiyat – maʼrifatli insonning ikki qanotidir. Shuning uchun yangi tafakkur deganda: 1) Oʻzbekistonning buguni va ertasi haqida qaygʻurish; 2) shaxsning xalq va Vatan qadr-qimmati, or-nomusi va manfaatlarini anglashi, uni himoya qilishi; 3) yuksak gʻoyalar, kashfiyotlar, niyatlar ogʻushida mehnat qilib, isteʼdodi, bor imkoniyati, kerak boʻlsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etish nazarda tutiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 604
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 670
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 409
Armon bobo



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227461
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109359
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 57087
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 44051
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41459
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 33463
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31969
Alpomish

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31465
Kompetentlik

//