Ehtiros


Saqlash
17:12 / 19.12.2023 0 4634

Ehtiros – maʼnaviy hodisa, ruhiy jarayon boʻlib, kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat; inson uchun hayotiy muhim vaziyatlarning tez oʻzgarishi bilan bogʻliq, ichki tugʻyon va keskin ifodalangan holat tarzida kechadi. Ehtiros sodir boʻlgan voqeaga javob koʻrinishida paydo boʻladi. Ehtirosning asosida ichki ruhiy holatning his qilinishi yotadi. Insonning mayllari, intilishlari, istaklari yoki oʻz oldiga qoʻygan talablari bilan aloqadorlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtiros quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi:

1. Ehtirosli kechinmalarning otilib yuzaga chiqishi. Ehtiros vaqtida odam atrofdagilarni sezmasligi, sodir boʻlayotgan voqealarda oʻzining shaxsiy harakatlariga hisob bermasligi ham mumkin.

2. Ehtirosli kechinmalarning qisqa muddatligi. Ehtiros tez kechadigan jarayon boʻlgani uchun uzoq vaqt davom etmaydi va tezda soʻnadi.

3. Ehtirosli kechinmalarning maʼlum darajada nazorat qilinmasligi. Ehtiros kuchiga koʻra bunday nazoratsizlik katta va kichik boʻlishi mumkin. Odam ehtiros holatida oʻz xatti-harakatlarini ongli nazorat qila olmaydi, boshqara olmaydi, baʼzida nima qilayotganini tushunmaydi, oʻzini qoʻlga ola bilmaydi. Ehtirosli kechinmalar tomonidan boshqarilayotgan odam bu kechinmalarning xarakteri va ahamiyatini zaif anglaydi.

4. Ehtirosli kechinmalarning keskin ifodalanishi. Kuchli ehtiros insonni butunlay qamrab oladi va uning hayotiy muhim chegaralarigacha yetib boradi. Ayniqsa, ehtiros holatida ong faoliyatida keskin oʻzgarishlar kuzatiladi: aqlning taʼsiri torayadi va kechinmalar bilan uzviy bogʻliq boʻlgan tasavvur va belgilarning miqdori keskin kamayadi. Ehtirosli kishi boshqalardan ehtirosli kechinmalari va tuygʻularining kuchliligi bilan ajralib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 83
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 148
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 399
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 628
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 589
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234004
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113345
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67793
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56702
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51116
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39452
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39295
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38936
“Avesto”

//