Ehtiyoj


Saqlash
16:12 / 19.12.2023 0 3006

Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo boʻladigan tabiiy xususiyat; uning jonli mavjudot sifatida ongli hayot kechirishining muayyan shart-sharoitlarga tobeligini ifoda etuvchi tushuncha. Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan ham mohiyatan, ham shaklan farqlanib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida oʻz ifodasini topadi. Mavjudotlar (hayvonlar) ehtiyojlari maqsadga muvofiq ravishda kechgani, ularni qurshab olgan yashash muhitiga osonlik bilan moslashuvini taʼminlaydi. Lekin insonlarning faolligi manbai hisoblangan ehtiyojlar biologik shartlanganidan tashqari, moddiy va maʼnaviy maʼno-mohiyat kasb etadi. Odamning ehtiyoji unga taʼlim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, yaʼni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tarbiya, koʻnikma, malaka, odat, maʼnaviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni oʻzlashtirish orqali amalga oshiriladi. Inson boshqa mavjudotlardan farqli oʻlaroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruratga binoan qayta oʻzgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli mavjudotdir. Shu sabab odamning oʻz ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bilan oʻlchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yoʻnaltirilgani, maʼlum rejaga asoslangan ijodiy koʻrinish sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Inson bir davrning oʻzida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks ettirgani sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Odatda, kelib chiqish xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asrash, musaffo havoga intilish, tana aʼzolariga dam berish kabilar kiradi. Madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarni qondiruvchi uy-roʻzgʻor buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bogʻlanish vositalari, madaniy aloqalar oʻrnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruratiga aylangan narsalar, oʻqish va tajriba orttirish yoʻllari kiradi. Psixologiya fanida ehtiyojlar oʻz predmetining xususiyatiga koʻra, moddiy va maʼnaviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekani eʼtirof etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 354
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 315
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 652
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 380
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 568
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233197
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112891
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65860
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55526
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49876
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39189
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38403
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37344
“Avesto”

//