Kapalak


Saqlash
01:12 / 12.12.2021 1 1375

Shahar har kungidek ulkan g‘ala-g‘ovur og‘ushida. Asabbuzar avtolar ko‘chalarni battar shovqin-suronga to‘ldirib yuborgan. Odamlar na g‘ala-g‘ovurlarga, na shovqinlarga aslo parvo qilmay, shoshgani shoshgan. Shovqin allaqachon ularning kundalik hayotiga singib ketgan.

 

Ko‘chalar liq to‘la shovqin. Metrolar tirband. Milisionerning hushtagi, avtolarning chinqirig‘i bir zum tinmaydi. Baqir-chaqirdan odamlarning quloqlari qomatga kelgan. Asabiy, telba-teskari suhbatlar avj pardalarga ko‘tariladi:

 

– Yo‘l bersangiz-chi, angraymay!

– Muncha hovliqasiz?..

– He, og‘zingizni yuming.

– Siz ham og‘zingizga qarang.

– Og‘izdan oldin ko‘zga qarash kerak, galvars!

– Ko‘rib-ko‘rmaslikka oladi-ya.

– Hozir hamma shunaqa…

– Qulog‘iyam karga o‘xshaydi.

– Faqat meniki emas.

 

Yana avtolar faryodi. Baqir-chaqir avjida. Shahar shovqinga g‘arq bo‘lgan. Qaysidir ko‘chada vodoprovod quvuri yorilgan shekilli, buldozer hayqirib yer kovlayapti. Yana bir ko‘chada ola-tasir asfalt yotqizilyapti… Tirband ko‘chadan tobut ko‘tarib borishyapti. “Bir tekis ko‘taringlar”, – degan shovqin eshitiladi.

 

Musiqani vadavang qo‘yib, qiy-chuv qilib ketayotgan to‘y mashinalari tobut ko‘targanlarni quvib o‘tmoqchi…

 

Yo‘lak chetidagi turfa gullar qiyg‘os ochilib yotgan kichik gulzorda bir beozor kapalak ohista uchib yuribdi. U shovqinga ham, baqir-chaqirga ham parvo qilmay mayin qanot qoqadi. Zavqlanib uchadi. Ana kapalak bir gulga qo‘nib, uning hididan mast bo‘lib, boshqa guldan zavq olish uchun yana qanot qoqdi. U guldan-gulga qo‘nib, ulardan bo‘sa olayotganga, gullar bilan sirlashayotganga o‘xshaydi… Uning shovqinzor bilan aslo ishi yo‘q…

 

Ashurali JO‘RAYEV

1 Izoh

Habiba

12:01 / 01.01.1970

Haqiqatdan ham insonlar òzgarib boryabdi .... Qaniydi insonlar ham mana shu kapalakdan ibrat olsayu hayotda faqat zavqlansa ....

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

09:02 / 05.02.2025 0 21
Kampir uxlagan, xon-chi?

Bilasizmi?

09:02 / 05.02.2025 0 70
Qarg‘ish asli qoralashmi?

Bilasizmi?

18:01 / 31.01.2025 0 196
Mahmud Koshg‘ariyning eski zontigi

Bilasizmi?

12:01 / 28.01.2025 0 681
Choʻlponning “qatagʻon qilingan” sheʼri

Bilasizmi?

10:01 / 27.01.2025 0 188
Oʻrta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 221134
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105644
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 40768
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 32803
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 31419
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28729
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 27194
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 25466
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//