Erkparvarlik


Saqlash
15:12 / 15.12.2023 0 1128

Erkparvarlik – insonga xos yuksak maʼnaviy tuygʻulardan biri. Bu tuygʻu insonning erkin va ozod yashashi, haq-huquqlarining himoya qilinishi gʻoyasiga tayanadi. Zero, erksiz inson – asir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvar avvalo, oʻz millati, oʻz Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa xalq va elatlar erki uchun kurashish hayotining maqsadiga aylangan insonlar tamoyilidir. Erkparvarlik inson qullik va mutelikning har qanday koʻrinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom maʼnodagi himoyachisi hamdir. U bir tomondan, har bir shaxsning soʻz erkinligi, oʻz fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini oʻrtaga tashlar ekan, maʼlum maʼnoda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. Odatda, erkparvar kishilar muayyan davrning qahramoniga aylanadi. Chunki ular oʻzgalar erki uchun oʻz erki va hatto hayotini qurbon qilishdan ham choʻchimaydi.

 

Erkparvarlik tamoyilini hayotining maʼnosi deb bilgan insonlarning maʼnaviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal boʻlib qoladi. Ayni paytda, erkparvarlik keng ijtimoiy-siyosiy maʼnoda ham qoʻllanadi. Buni erkparvar davlatlar misolida koʻrish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, erkparvarlik tamoyilidan bir oz boʻlsa-da, oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga, shu orqali siyosiy obroʻ olishga intilish hollari ham uchrab turadi. Baʼzi davlatlar tomonidan oʻzga mamlakatlar ichki ishlariga aralashish uchun erkparvarni niqob qilib ish koʻrishga urinishlar ham yoʻq emas. Biroq bunday siyosiy “oʻyin”lar jahon jamoatchiligi tomonidan darhol ilgʻab olinadi va fosh etiladi. Shu maʼnoda, erkparvar, eng avvalo, poklikni, halollikni taqozo etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 424
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 381
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 706
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 423
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 604
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233456
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113016
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66513
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55821
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50193
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39262
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38665
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37788
“Avesto”

//