Bilasizmi?
Hech qachon xato qilayotgan paytida dushmaningga xalaqit berma.
***
Oʻlim hech narsa emas, biroq magʻlub va sharmisor boʻlib yashash – bu har kuni oʻlish degan gap.
***
Tarix – kelishib olingan yolgʻon choʻpchaklar uyumi.
***
Eʼtiqod – kambagʻallar boylarni oʻldirib yuborishidan toʻxtatib turgan narsa.
***
“Imkonsiz” – bu faqatgina ahmoqlarning lugʻatida uchraydigan soʻz.
***
Biror ish yaxshi bajarilishini istasang, unda oʻsha ishni oʻzing bajar.
***
Jasorat ham sevgiga oʻxshaydi – omon qolishi uchun unga umid zarur.
***
Siyosatda ahmoqlik nuqson sanalmaydi.
***
Askar bir tutam rangli lenta uchun jonini berib jang qiladi.
***
Jang maydoni betizgin xaos sahnasidir. Bu maydonda ham oʻzining, ham dushmanning tartibsizligini nazorat qila olgan tomon zafar quchadi.
***
Bu dunyoda omadim chopsin desang, hamma narsani vaʼda qilgin-u, hech birini bajarma.
***
Gʻalaba eng matonatlilargagina nasib etadi.
***
Tana uchun xotirjam aqldan boshqa yaxshi malham yoʻq.
***
Bitta dushman bilan hadeb urishavermaslik kerak, yoʻqsa unga barcha jang sirlaringni ochib qoʻyasan.
***
Qudrat – mening oʻynashim. Uni yoʻrigʻimga solish uchun koʻp ter toʻkdim, toki boshqa hech kim uni mendan olib qoʻyolmasin.
***
Dunyoda ikkitagina kuch bor: qilich va ruhiyat. Alaloqibat ruhiyat qilichni magʻlub etadi.
***
Nochor boʻlib qolaverishning eng ishonchli usuli – vijdonli odam boʻlish.
***
Ayollar — bola tugʻib beradigan mashina xolos.
***
Men ortiq birovga boʻyin egolmayman. Allaqachon boʻysundirish taʼmini totdim, endi uni tark etish qiyin.
***
Imkoniyat boʻlmasa, qobiliyat bir pul.
***
Tasodif degan narsa yoʻq, bu shunchaki taqdirni yanglish nomlash xolos.
***
Erkak zotini faqat ikkita kuch harakatlantira oladi: qoʻrquv va qiziqish.
***
Dunyoni tasavvur boshqaradi.
***
Men baʼzida tulki, baʼzida sherga aylanaman. Hokimiyat siri qachon yo unisi, yo bunisi boʻlishni bilishdan iborat.
***
Janglarda askarlar gʻalaba qozonadi. Generallar esa buning uchun mukofot oladi.
***
Toʻrttagina muxolif gazeta peshonangga tiralgan minglab miltiqlardan koʻra vahimaliroq.
***
Hashamat va bachkanalikning oʻrtasi bir qadam.
***
Narigi dunyoda biz qoʻmondonlardan ham koʻra shifokorlar koʻproq kishilar hayoti uchun javobgar boʻladi.
***
Odamzod oʻz huquqlaridan koʻra qiziqishlari uchun qattiqroq kurashadi.
***
Zulmni yomon koʻradiganlar orasida zulm qilishni istovchilar talaygina topiladi.
***
Taxt – baxmal bilan qoplangan oddiy bir kursi xolos.
***
Soʻzingda turishning eng yaxshi yoʻli soʻz bermaslikdir.
***
Birorta eʼtiqodni tanlashimga toʻgʻri kelganida, borliqqa hayot ato etuvchi oʻlaroq quyosh mening xudoyim boʻlardi.
Ingliz tilidan Shohrux USMONOV tarjimasi
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q