Ensiklopediya


Saqlash
16:12 / 14.12.2023 0 1058

Ensiklopediya (yunoncha, fransuzcha enciklopedie – bilimlar doirasi, qomus) – maʼlum qoidalar asosida tartibga solingan bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashr. Ensiklopediyalarning yuzaga kelishi deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Ilk ensiklopediyalar Qadimgi Markaziy Osiyo, Misr va Xitoyda paydo boʻlgan. Undan keyin qomusiy mazmun va tusdagi asarlar Qadimgi Yunonistonda Arastu tomonidan yaratilgan. Markaziy Osiyoda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Bobur qomuschilik tarixiga hissa qoʻshganlar. Birinchi haqiqiy ensiklopediya 1751–1780-yillarda 35 jildda, D.Didro boshchiligida, fransuz olimlari Monteskye, Volter, Russo va D.Alamber tomonidan tayyorlanib, chop etildi. 1917-yilgacha Rossiyada Brokgauz va Yefron hamda Grand ensiklopediyasi maʼlum edi. Sobiq shoʻro davrida uning mafkurasi aks etgan Katta Sovet ensiklopediyasi 3-marta nashr etildi. Shuningdek, bir qancha soha ensiklopediyalari (falsafa, tarix, texnika, geografiya, ximiya va boshqa) va respublikalar ensiklopediyalari tayyorlab chop etildi. “Oʻzbek Sovet ensiklopediyasi” 1971–1980-yillarda 14 jilddan iborat holda chop etildi. Unga 40 mingdan ortiq atama-maqolalar kiritildi, 10 ming surat va 800 ta xarita ilova qilindi. Afsuski, “Oʻzbek Sovet ensiklopediyasi” mazmunida yaqin oʻtmishdagi hukmron mafkuraning jiddiy salbiy taʼsiri bor edi. 1981-yildan boshlab, oʻzbek qomuschilari 2 jildli “Ensiklopedik lugʻat”, tibbiyot, pazandachilik, bolalar uchun va boshqa ensiklopediyalar chiqardilar.

 

1997-yilda bir jildli “Oʻzbekiston Respublikasi ensiklopediyasi” chop etildi. Hukumatimiz tomonidan ensiklopediya ishiga alohida eʼtibor berilib, 1997-yil 20-martda “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi va matbuotda eʼlon qilindi. Mazkur qaror mamlakatimizda ensiklopediya ishini yangi pogʻonaga koʻtardi, oʻzbek tilining koʻp jildli izohli lugʻatini, soha ensiklopediyalarini, koʻptilli lugʻatlar va maʼlumotlarni chop etish keng miqyosda va tartib-reja asosida muntazam olib borish istiqbolini ochdi. “Oʻzbek milliy ensiklopediyasi”ning 12 jildli nashri amalga oshirildi. Davrimizning ilgʻor mamlakatlaridagi ensiklopedik ish amaliyoti shuni koʻrsatadiki, ularda ensiklopedik lugʻatlar va umuman maʼlumotlar chop etish aylanma (konveyer) sanoati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, turli ensiklopedik lugʻatlar, maʼlumotnomalarda hayotdagi ilmiy, texnikaviy, lugʻaviy va boshqa oʻzgarishlarni inobatga olib, tezkor aks ettirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, oʻtmishdagi koʻp jildli ensiklopediya lugʻatidan foydalanish, uni oʻzi bilan olib yurish, undan turli soha boʻyicha maʼlumotlar olish va ayni vaqtda shu tildagi har bir soʻzning maʼnosi, tarixi, talaffuzi haqida qisqa, lekin yetarli maʼlumot olish, turli xalqaro iboralar, qisqartmalar, oʻlchov birliklari haqida savollarga ham javob olish imkonini beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 364
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 339
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 334
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 342
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224885
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107784
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55297
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40347
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39988
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31542
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30639
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30051
Alpomish

//