Emotsiya


Saqlash
23:12 / 13.12.2023 0 9155

Emotsiya (lotincha emovco – hayajonlantiraman, iztiroblayman) – maʼnaviy-ruhiy hodisa, shaxsning muayyan voqelikka nisbatan oʻz munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoji va qiziqishi, narsa va hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan turli daraja, mazmun va shakldagi yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarining majmuasi. Emotsiya atamasi hissiyot tushunchasi bilan bir maʼnoda ishlatiladi. Lekin “hissiyot” bilan “Emotsiya” tushunchasini aynan bir hisoblash mumkin emas. Belgilari, xususan, yaqqol namoyon boʻladigan hissiyotlarni ichdan kechirishdan iborat ruhiy jarayon vujudga kelishining aniq shaklinigina emotsiya deb atash toʻgʻri boʻladi. Biroq vatanparvarlik, javobgarlik, vijdon azobi, masʼuliyat, burch, onaning bolaga nisbatan mehr-muhabbati hislarini emotsiya deb atash mumkin emas. Shuningdek, ularni keskin chegaralash ham baʼzi bir kamchiliklarga olib keladi. Emotsiya inson psixikasining oʻziga xos sohasi boʻlib, shaxs faoliyatining ayrim jihati sifatida harakatdagi va oʻz miyasida tevarak atrofdagi olamni aks ettirayotgan odam tomonidan turli tarzda ichdan kechiriladi. Emotsiya borliqda sodir boʻlayotgan hodisa va narsalardan shaxs uchun ahamiyatli jihatlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Uning xuddi shu signal funksiyasi psixologiyada emotsiya ning impressiv tomoni deyiladi (lotincha – taassurot). Emotsiya va u kechishining turli shakllari faqat signal funksiyasini emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Moslashish davridagi ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsional holatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (lotincha expressio – ifodalash). Shaxs emotsional sohasining tarkibiy qismlari: emotsional tus (ton), emotsional holatlar (aktiv, passiv, astenik, stenik), affekt, stress, kayfiyat.

 

Emotsional holatlar hissiy kechinmalarning odatdagi va oʻziga xos shaklidan iboratdir. Inson faoliyatining qaysi bir turi yoki qaysi bir sohasi hislardan qaysi birining ustuvor, yuksak his ekaniga qarab muayyan turkumlarga ajratiladi:

1) mehnat faoliyatida kechiriladigan hislar, yaʼni praksik hislar (yunoncha praxis – ish, faoliyat, yumush);

2) intellektual hislar (lotincha intellectus – tushunish, aql);

3) axloqiy hislar (lotincha moralis – axloqiy);

4) estetik hislar (yunoncha aistesis – hissiy idrok). F.Akromova

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 168
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 523
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 304
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 469
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 901
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112494
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64978
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54881
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49328
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39027
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38006
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36547
“Avesto”

//