Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?


Saqlash
10:05 / 20.05.2025 0 765

Qo‘l va oyoq panjalarini barmoq deymiz. Shuningdek, barmoq so‘zining “o‘simlik novdasi va poyasi”, “o‘lchov” ma’nolari ham bo‘lgan.

 

Herman Vamberi barmoq so‘zini bormoq fe’lidan deydi. Gustav Ramsted bu so‘zni mo‘g‘ul tilidagi “ushlamoq” ma’nosidagi бары fe’liga olib borib taqaydi.

 

Mahmud Koshg‘ariy “barmoq” so‘zini эрӊäк shaklida ham qo‘llagan.

 

Tilimizda barmoq so‘zi ishtirokida ko‘plab ibora va maqollar borligi bu so‘zning juda faol ekanini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda “Barmoq orasidan qaraydi”, “Barmog‘ini tishlab qoldi”, “Besh barmog‘ini og‘ziga tiqadi”, “Ikki barmog‘ini burniga tiqib qaytibdi”, “Barmog‘ini bigiz qildi kabi iboralar yoki “Beshta balo nedan kelar, ikki barmoq, tildan kelar”, “Kimga barmoqday, kimga tirnoqday” kabi maqollarni eslab o‘tish joiz.

 

Yana bir narsaga e’tibor qilish kerak, barmoq so‘zi ishtirokidagi ibora va maqollarning aksariyati badnafslik va ochko‘zlikka qarshi qaratilgan. Bu bekorgamas, chunki odam neniki olsa barmoq ishtirok etadi, har narsaga barmoq bilan uzaladi.

 

Barmoq so‘zining barnaq shakli ham qadimda bo‘lgan. Demak, “tirnamoq” ma’nosidagi tir fe’lidan kelib chiqqan tirnoq va barnaq so‘zlarining yasalish qolipi bir xil. Barmoq va tirnoq so‘zlari hamisha bir-biriga har jihatdan yaqin bo‘lgan.

 

Bolaligimda momolarimiz bilan ziyoratlarga ko‘p borardim. O‘shanda ular befarzand ayolga farzand tilab iltijo qilishsa, “Shuginagayam bir tirnoq beringizlar” deb so‘rashlarini ko‘p eshitganman. Bu gap menga yod bo‘lib ketgan. Qo‘shnimiz Ro‘zixol opaning farzandi yo‘q edi. Keyin men qaysi ziyoratga borsam, “Xo‘shboq tog‘a bilan Ro‘zixol opamga tirnoq beringizlar” deb qayta-qayta so‘rashni odat qilganman.

 

Farzandni tirnoqqa o‘xshatishda katta ma’no bor. Bu ramz et bilan tirnoq iborasidan kelib chiqqan. Tirnoq et orasidan o‘sib chiqadi, farzand ham odam vujudida paydo bo‘ladi. Bu hol barmoqdan o‘sib chiqqan tirnoqqa o‘xshatiladi.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 15
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 432
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228922
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110363
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 47894
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 43777
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37040
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32244
Kompetentlik

//