Elchi


Saqlash
21:12 / 13.12.2023 0 1181

Elchi – tarixda shoh tomonidan biror topshiriq bilan yuborilgan kishi; hozirda bir suveren davlatning boshqa bir suveren davlatdagi diplomatik vakillarining eng katta martabasi, unvoni va shu unvonga ega boʻlgan shaxs. Mazkur martaba diplomatiya vakolatxonalari ochayotgan davlatlar oʻrtasidagi bitimlar bilan belgilanadi. Buning uchun xalqaro urf-odatda eʼtirof etilgan va 1961-yildagi diplomatiya aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasida oʻz tasdigʻini topgan qoidalarga koʻra, diplomatiya vakolatxonasi rahbari turli toifalar orasidan tanlab olinadi. Elchi davlat boshligʻi tomonidan tayinlanadi va oʻsha davlat boshligʻi tomonidan eʼtirof etiladi. Elchi deganda, tegishli vakolatxona rahbari lavozimi ham tushuniladi, aksariyat mamlakatlarda bu oliy diplomatiya martabasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida koʻzda tutilganidek, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlardagi elchilarni va boshqa diplomatiya vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydi va chaqirib oladi (93-modda, 6-band). Prezident, shuningdek, chet el diplomatiya vakillaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi (93-modda, 5-band), yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti chet el davlati boshligʻidan Oʻzbekiston Respublikasi rahbariga yozilgan rasmiy maktublarni qabul qilib oladi, ushbu maktublarda diplomatiya vakilini tayinlash yoki chaqirib olish qoidalari bayon etiladi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet el davlatlaridagi diplomatiya vakillarini tayinlash va ularni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunida 1961-yildagi diplomatiya aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etgan tamoyillari va normalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining elchisini tayinlash va chaqirib olish tartibi belgilangan. Elchixona – bir davlatning ikkinchi davlatdagi doimiy diplomatiya vakolatxonasi boʻlib, unga elchi boshchilik qiladi. Doimiy elchixonalar XVII–XVIII asrlarda tashkil topgan. Hozirgi vaqtda elchixona maqomini belgilab beradigan xalqaro huquqiy normalar 1961-yildagi Diplomatiya aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasida aks etgan. Oʻzbekistonn Diplomatiya aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga 1992-yilning 15-yanvarida qoʻshilgan. Xalqaro munosabatlarda elchi va elchixonalar asosida ish olib borish jahon xalqlarining bugungi yuksak maʼnaviy yutugʻi hisoblanib, diplomatik munosabatlarning bunday tashkil etilishi jahon xalqlari orasida oʻzaro ishonch va teng hamkorlik munosabatlari asosida ish olib borishda qulay imkoniyatlar yaratish uchun xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 323
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 284
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 632
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 373
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 554
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233122
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112832
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65718
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55398
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49770
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39162
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38304
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37161
“Avesto”

//