Madhiya katta-yu kichikni birlashtiradi


Saqlash
00:12 / 11.12.2021 0 1552

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

 

Barchamizga ma’lumki, davlatimiz madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov. Madhiyamiz musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burxanov yaratgan.

 

Madhiya ko‘plab joylarda:

– Prezident qasamyod qilganidan so‘ng;

– O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, deputatlari, xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovlari va referendum kunlari ovoz berish o‘tkaziladigan binolarda soat 8.00 da;

– umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi va o‘quv yili tugashida, marosimlar chog‘ida;

– harbiy marosimlarni o‘tkazish vaqtida;

– rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chog‘ida;

– sport maydonlarida;

– umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida;

– harbiy qismlarda;

– ichki ishlar organlarida;

– ta’lim muassalarida;

– O‘zbekiston telivideniyasida har kuni soat 6.00 va 24.00 da, Yangi yil kechasida ijro etiladi.

 

Endi dunyoga nazar tashlasak. 2020-yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi doirasida Fransiya – Albaniya uchrashuvi tashkilotchilari mehmonlar jamoasi uchun madhiya tanlashda adashib ketishadi. O‘yin arafasida  albanlar madhiyasi o‘rniga  Andorra madhiyasi yangragan. Bu holat muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olingan.

 

Albaniyalik futbolchilar esa bu holatga o‘z noroziliklarini bildirishgan. Madhiyaning to‘g‘ri varianti qo‘yilmaguncha o‘yinni boshlashdan keskin bosh tortishgan. So‘ngra, stadion suxandoni xatolik uchun uzr so‘rashga majbur bo‘lgan. Natijada esa Parijdagi “Sen – Deni” stadionida o‘yin kechroq boshlangan.   

 

Madhiya yurt fuqarolarini, ayniqsa yosh avlodni vatanga sadoqat, mehr, muhabbat ruhida tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Shu sababli, juda ko‘plab mamlakatlar maktablarida darslar davlat madhiyasini kuylash va davlat bayrog‘ini ko‘tarish bilan boshlanadi.

 

Hindistonda har kuni soat 9.00 da o‘quvchilar saf tortishib davlat madhiyasini kuylashadi. Hamda davlatiga, yurtiga sodiqligini isbotlash tariqasida qasamyod qilishadi.

 

Kanada davlatida ham davlat va xususiy maktablarda bir necha yillardan buyon dars soatlari madhiya kuylash bilan boshlanadi.

 

Xitoy  Xalq Respublikasida esa har dushanba kuni soat 8.00 da stadionda davlat bayrog‘ining ko‘tarilish marosimida  o‘quvchilar saf tortishib, o‘z milliy madhiyasini kuylashadi.

 

AQSHda aksariyat maktab va bog‘chalarda davlat va shtat  bayrog‘ini ko‘tarish bo‘yicha katta tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Fuqarolar o‘z uylari tomiga davlat bayrog‘ini o‘rnatib qo‘yishadi.

 

Yaponiyada, Rossiyada  ham maktablarda o‘quv darslari boshlanishidan avvali bayroq ko‘tarilib, o‘quvchilar madhiya kuylashadi.

 

Voyaga yetib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda, jamiyatning barcha a’zolarini birlashtirishda, kattayu kichikni yakdil qilishda madhiya katta rol o‘ynaydi. Davlat ramzlari muqaddasligi bizga yurt istiqboli har narsadan ustunligini eslatib, anglatib turadi.

                                                      

Oygul  UBAYDULLA qizi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 334
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 319
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 324
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 326
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224791
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107735
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55161
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40161
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39881
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31457
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30611
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29987
Alpomish

//