Ekzistensializm


Saqlash
17:12 / 12.12.2023 0 1377

Ekzistensializm (lotincha existentia – mavjudlik) – XX asr boshlarida Rossiyada (Berdyayev, Shestov) Germaniyada (Xaydegger, Yaspers) hamda II jahon urushi arafasida Fransiyada (Sartr, Merlo-Ponti, Kamyu va hokazo) paydo boʻlgan falsafiy yoʻnalishlardan biri. Ekzistensializm mavzu doirasi jihatidan sof falsafadan yiroq boʻlib, asosan, insonning mavjudligi, taqdiri, imon-eʼtiqodi, hayotining mazmuni va maqsadlari singari masalalar tahliliga eʼtibor qaratgani bois, u koʻproq tabiiy ijodkorlar orasida keng tarqaladi. Boshqa tomondan, ekzistensialistlarning oʻzi ham (masalan, Sartr, Kamyu, Marel va boshqa) oʻz asarlarida sanʼat va badiiy adabiyot vositalaridan keng foydalanishga harakat qilgan. Ekzistensializmning ijtimoiy taʼlimoti shaxs va erkinlik tushunchalari orqali tahlil etiladi. Ekzistensializmga koʻra, shaxs – bosh maqsad, jamoa esa uning moddiy mavjudligini taʼminlashga xizmat qiladigan vositadir. Ekzistensializm namoyandalari jamiyat uning har bir aʼzosining erkin maʼnaviy rivojlanishini taʼminlashi, shaxs erkinligiga toʻsqinlik qiluvchi omillarga barham beradigan huquqiy tartibni kafolatlashi zarur. Ekzistensialistlar erkinlikni ikki turga ajratadi: a) iqtisodiy va siyosiy; b) ruhiy-maʼnaviy erkinlik. Ular nazarida, chinakam erkinlik kishilar ishlab chiqaruvchilar sifatida oʻzaro toʻqnashadigan moddiyat sohasida emas, ular ekzistensiya sifatida namoyon boʻladigan ruhiy-maʼnaviy olamdagina boshlanishini taʼkidlaydi.

 

Ekzistensializm falsafasi inson borligʻini bir necha qatlamlardan iborat, deb hisoblaydi:

1) tabiiy, yaʼni uning biologik, fiziologik va psixologik tabiati. Bu qatlam tabiatshunoslik fanlari tomonidan oʻrganiladi;

2) ijtimoiy (sotsiologiyaning tadqiqot yoʻnalishi);

3) tarix, falsafa, sanʼatshunoslik va boshqa fanlar tomonidan tadqiq etiladigan maʼnaviy qatlam.

Ekzistensializm namoyandalari Kantning axloqiy imperativ, shuningdek, haq va haqiqat, erkinlik va erkin iroda, din va maʼnaviyat hamda vijdon kategoriyalarini yangicha talqin etib, falsafa rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan, sanʼat va badiiy adabiyotda ekzistensializm gʻoyalari singishiga turtki bergan. Ekzistensializm taʼlimoti II jahon urushining dastlabki yillarida sarosimaga tushib qolgan kishilarni mardlik, jasoratga chorlab, fransuz qarshilik harakatining maʼnaviy-ruhiy manbai sifatida xizmat qildi. Shunga qaramay, ekzistensializm vakillarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jiddiy tafovutlar boʻlgan. Masalan, K.Yaspers va fransuz ekzistensialistlari demokratik erkinliklarni himoya qiladigan liberallar sifatida maydonga chiqqan boʻlsa, ekzistensializmning ayrim vakillari natsional-sotsialistlar (fashistlar) bilan hamkorlik qilib kelgan. Ekzistensializm taʼlimotining muayyan darajada cheklanganini taʼkidlagan holda, u oʻz davrining maʼnaviy-ruhiy holati va ziddiyatlarini fosh etib, inson baxti, erkinligi va qadrqimmatini yuksak maʼnaviy amal darajasiga koʻtarishga intilganini eʼtirof etish mumkin. Masalan, qator pyesa, roman va falsafiy esselarda inson ijtimoiy hayotining ziddiyatlari, shaxs ongi va erkin faoliyatining gʻoyat muhim xususiyatlarini teran tahlil etgan J.P.Sartr va A.Kamyular avlodlar vijdoni deya eʼtirof etilgani bejiz emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 47
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 234
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35347
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26664
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25379
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//