Shahidlar xotirasi maydoni


Saqlash
16:12 / 07.12.2023 0 6382

Shahidlar xotirasi maydoni – Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, XX asr boshlarida yurtimizda roʻy bergan qatagʻonlar natijasida qurbon boʻlgan xalqimiz farzandlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan meʼmoriy majmua. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12-maydagi Farmoyishiga muvofiq mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tashkil etildi va “Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi” tuzildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 2001-yil 1-may farmoni ham mustabid tuzum yillarida qatagʻon etilgan fidoiy vatandoshlarimizning xotirasini tiklashga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-noyabrdagi Qaroriga muvofiq OʻzR FA “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasi sifatida tashkil etildi. 2000-yilda erksevar ajdodlarimiz qatl qilingan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Boʻzsuv boʻyidagi maskanda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi qad rostladi. 2002-yildan boshlab “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash haqida”gi Farmonga koʻra xalqimiz har yili Mustaqillik bayrami arafasida erk uchun shahid boʻlgan ajdodlarimiz xotirasiga oʻz hurmatini izhor etib kelmoqda.

 

Mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insonlik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasini eʼzozlash, yosh avlodning ona Vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyining muhim ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 5-maydagi Qaroriga binoan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati yanada takomillashtirildi. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq tarixiy adolatni tiklash, Vatan ozodligi va xalq baxt-saodati yoʻlida shahid ketgan ajdodlar xotirasini yod etish ishiga katta eʼtibor berildi. Respublikamizda Fayzulla Xoʻjayev, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Choʻlpon, Usmon Nosir, Maqsud Shayxzoda singari davlat va madaniyat arboblarining yubileylari oʻtkazilib, universitet, maktab, koʻchalarga ularning nomlari berildi. Abdulla Qodiriy va Choʻlpon vafotlaridan keyin Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandilar. Qatagʻonga uchragan adabiyot va sanʼatimizning yetuk namoyandalari esa Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlandilar.

 

Oʻtgan asrning 80-yillari boshlarida shoʻrolarning qatagʻon qilichi yurtimiz uzra yana qayraldi. Bu gal paxta ishi niqobi ostida oʻz ishining bilimdoni boʻlgan, yer ilmini yaxshi bilgan dehqonlar, paxtakorlar va yetuk mutaxassislar jinoiy javobgarlikka tortildilar. 25 ming odam qamaldi. Ularning bir qismi aybsiz holda qamoqxonalarda hayot bilan vidolashdilar. Nohaq hukm bilan otildilar. Qatagʻonga uchragan bu jabrdiydalarni hibsxonalardan ozod qilish, ularni erkin hayot qoʻyniga qaytarish ishlari boʻyicha 80-yillarning oxirlarida Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tub burilishlar roʻy berdi. Paxta ishi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilganlarning ishi Oʻzbekistonning oʻzida koʻrib chiqildi va adolat bilan hal qilindi. Begunoh insonlar oilalari bagʻriga qaytarilib, haqiqat qaror topdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 192
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 546
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 322
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 488
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 917
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232733
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112554
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65107
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54971
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49395
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39051
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38084
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36621
“Avesto”

//