Nobel statistikasi – eng yosh, eng keksa va oilaviy mukofotlanganlar


Saqlash
16:12 / 10.12.2021 0 3255

Har yili 10-dekabr – Alfred Nobel vafot etgan kunda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tantanali marosim o‘tkaziladi va mukofot o‘z egalariga topshiriladi. Sana munosabati bilan oyina.uz Nobel mukofoti laureatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi. Quyida eng yosh, eng keksa Nobel egalari, mukofotga oilaviy sazovor bo‘lganlar va ikki marta e’tirof etilganlar haqida bilib olishingiz mumkin.

 

 

Eng yosh Nobel mukofoti sohiblari

 

 

Hozirda Nobel mukofoti olganlar ichida eng yoshi Malala Yusufzay bo‘lib qolmoqda. 2014-yil endigina 17 yoshga to‘lgan Malala nufuzli mukofotga tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha loyiq topildi.

 

 

Malala Yousafzaï: "There is poverty, fear and terrorism, but there is hope"  | News | European Parliament

 

 

Malala Pokistonning Svat tumanida tug‘ilgan. Otasi maktab direktori bo‘lib, ta’lim sohasida ancha faol edi. 2009-yildan boshlab Tolibonning mintaqadagi bosqinchilik harakatlari kuchayganida so‘ng, 11 yosh paytida BBC axborot xizmati uchun boshidan kechirganlari haqida o‘z blogini yurita boshladi. Tolibon buning ortidan 2012-yil u maktabdan qaytayotgan avtobusga hujum uyushtirdi. Og‘ir operatsiyalarni boshidan kechirgan Malala shunday vaziyatda ham yozishdan to‘xtamadi. Ayollarning ta’lim olish huquqi uchun kurashib, dunyoga tanila boshladi. 2014-yilda esa Nobel mukofoti sohibasi bo‘ldi.

 

Bugungi kunda mukofotga tavsiya etilganlar orasida 18 yoshli Greta Tunberg ham bor.

 

 

Грета Тунберг изменила профиль в Twitter после речи Джонсона о климате -  РИА Новости, 23.04.2021

 

 

Uilyam Lorens Bregg – 1915-yilda otasi bilan birga fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 25 yoshli Uilyam tadqiqot ishini kristallarni rentgen nurlari yordamida o‘rganishga bag‘ishlagan edi. U rentgen nurlari yordamida kristalldagi atomlarning joylashuvini aniqlash usulini topgan. Otasi esa shunga mos spektrometr yasagan.

 

 

Химик Артем Оганов — о материалах будущего, «белых пятнах» химии и любимых  элементах таблицы Менделеева

 

 

Uilyam asli avstraliyalik bo‘lib, keyinchalik otasi bilan Kembrij universitetida faoliyat yuritgan. U Angliyada faqat Nobel sohibi bo‘lib emas, mohir rassom va so‘lim bog‘i tufayli bog‘bon sifatida ham tanilgan.

 

Verner Karl Hayzenberg – 1932-yil 31 yoshida Nobel sohibi bo‘ldi. Germaniyalik Verner fizika yo‘nalishi bo‘yicha o‘z nomzodini qo‘ygan edi. Tadqiqot ishini kvant mexanikasi bo‘yicha olib bordi va matritsalarga asoslangan yangi turni ishlab chiqdi.

 

 

Такой неопределенный Гейзенберг

 

 

1932-yilgi laureatlar orasiga nomi qo‘shilgan Verner 1933-yilgi taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

 

Frederik Banting – navbatdagi yosh nobelchi, kanadalik vrach va fiziolog olim. Nobelga sazovor bo‘lgan payti 32 yoshda edi.  Hamkasbi Jon Makleod bilan birga 1923-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mukofotga ega chiqdi.

 

 

Фредерик Бантинг - Канадский Физиолог - Биография

 

 

Tadqiqoti qandli diabet bo‘yicha bo‘lib, insulinni ham kashf qilishgan. Ular tufayli tibbiyotda ushbu kasallikni davolash osonlashdi. Olimlarning uchinchi sherigi ham bo‘lgan, ammo uni hay’at qabul qilmagan. Shundan so‘ng, Banting o‘ziga tegishli mukofot pulining yarmini sherigi Charls Bestonga bergan.

 

Adabiyot yo‘nalishida eng yosh nobelchi esa Redyard Kipling edi. Mashhur  “Maugli”ning multfilm va filmlarini ko‘rmagan odam topilmasa kerak. Ushbu asar muallifi 42 yoshida Nobel sohibi bo‘lgan edi.

 

 

Rudyard Kipling - Historic UK

 

 

Eng keksa Nobel mukofoti sohibi

 

Jon Bannister Gudenof – 1922-yilda Germaniyada amerikaliklar oilasida tug‘ilgan. Materialshunos, fizik va kimyogar, Texas universitetining elektrotexnika va kompyuter muhandisligi professori. 2019-yil sheriklari olimlar Stenli Uittingem va Akira Yoshino bilan birgalikda Nobel mukofotiga kimyo yo‘nalishidan sazovor deb topildi.

 

Bugungi kunda Nobel tarixidagi eng keksa laureat hisoblanadi – u 97 yoshida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

 

 

Джон Гуденаф - Американский Ученый - Биография

 

 

Moskvada tug‘ilgan professor Leonid Hurvich ham 2007-yil 90 yoshida iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

 

Ikki xil yo‘nalish bo‘yicha Nobel mukofot sohibi

 

Linus Karl Pauling – 1954-yilda kimyo bo‘yicha,1962-yilda tinchlik bo‘yicha mukofotga ega chiqqan. Bunday shaxs Nobel tarixida kamdan kam uchraydi. U amerikalik kimyogar, biokimyogar, kimyo muhandisi, tinchlik faoli, yozuvchi va oʻqituvchi edi. 1200 dan ortiq maqola va kitoblari nashr etilgan boʻlib, ulardan 850 ga yaqini ilmiy mavzularga bagʻishlangan. "New Scientist" nashri uni barcha davrlarning 20 ta eng buyuk olimidan biri deb atagan. 2000-yilga kelib u tarixdagi 16 ta eng muhim olimlardan biri deb baholanadi. Pauling kvant kimyosi va molekulyar biologiya sohalarining asoschilaridan biri edi.

 

 

La carta de Pauling para salvar al mundo | Qwerty Radio

 

 

Oilaviy Nobel mukofoti sohiblari

 

Mari Kyuri radioaktivlik bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan fransuz fizigi va kimyogari. U Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol hisoblanadi. Bundan tashqari, ikki karra laureat bo‘lgan.  Uning turmush o‘rtog‘i Per Kyuri  birinchi Nobel mukofotining hammuallifi bo‘ldi, 1903-yilda ular ilk nobelchi  juftlikka aylandi. 1906-yilda Per Kyuri vafot etganidan so‘ng, 1911-yilda Mari kimyo bo‘yicha yana Nobel mukofoti bilan taqdirlandi, u radioaktiv izotoplarni ajratish uchun ixtiro qilgan usullardan foydalangan holda poloniy va radiy elementlarini kashf etdi.

 

 

Чем прославились супруги Кюри - MEL Chemistry

 

 

Frederik Jolio-Kyuri – 1935-yilda kimyo bo‘yicha Nobel olgan payti 35 yoshda bo‘lgan. U mukofotni xotini, olima Iren Kyuri bilan birga oilaviy qabul qilib olgan. Kyurilar oilasi elementar zarralarni tadqiq etgan va yangi sun’iy radioaktiv elementlarni sintez qilgan. Frederik Jolio-Kyuri mashhur kimyogar olima Mariya Sklodovska-Kyurining kuyovi bo‘lib, u hozirda ham kimyo yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh laureat hisoblanadi. Iren Kyuri o‘z eridan uch yosh katta bo‘lgan va mukofot olgan yili u 38 ga to‘lgan edi.

 

 

Мирный атомщик Фредерик Жолио-Кюри

 

 

Bundan tashqari, oilaviy Nobel mukofotiga sazovorlar orasida Karl Gunnar Mirdal iqtisod bo‘yicha, Alva Mirdal tinchlik bo‘yicha alohida-alohida Nobel mukofotiga ega bo‘lgan ilk juftliklar sifatida tarixda qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 46
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 227
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35345
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27551
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26660
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25376
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22637
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//