Bilasizmi?
Jahon miqyosida e’tirof etilgan mukofotlar ayollarning jamiyatga ijobiy ta’sirini targ‘ib qilib keladi, ularning yutuqlari, muvaffaqiyatlarini dunyo bo‘ylab ko‘rsatishga yordam beradi. Shuning uchun dunyo mamlakatlarda xotin-qizlarga atab ta’sis etilgan mukofotlar ko‘plab uchraydi.
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga saralash, hujjat yig‘ish ishlari ketayotgan bir paytda, oyina.uz ayollar uchun ta’sis etilgan xalqaro mukofotlar haqida ma’lumot beradi.
Jasoratli ayollar uchun xalqaro mukofot – “AQSh Davlat kotibining xalqaro jasoratli ayollar mukofoti” deb ham ataladi.
Har yili qat’iyati, matonati va uddaburonligi bilan dunyo ayollari orasida yetakchilik qilgan xotin-qizlarga topshiriladi. Ayniqsa, huquqni himoya qilishda jonbozlik ko‘rsatganlar alohida e’tiborga olinadi.
Mukofot 2007-yilda AQSh davlat kotibi Kandoliza Rays tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy etilgan. Har bir elchixona bittadan nomzod tavsiya qilish huquqiga ega. 2021-yilgacha mukofot 75 davlatdan 155 ta ayolga nasib etgan.
Ming yillik tinchlik mukofoti – 2001-yilda BMTning Ayollar uchun taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, nomzodlar maxsus bronza haykal bilan taqdirlanadi. Statuetkada turli irqqa mansub ayollarning yuz ifodasi belgilari tasvirlangan. Mukofot har yili berilmaydi, u yillar davomida favqulodda qahramonlarini izlaydi.
Nomzodlar orasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi turgan, qochqin onalar va bolalarga g‘amxo‘rlik qilgan, tinchlik bo‘yicha targ‘ibotchi xotin-qizlar va guruhlar bor. Ilk taqdirlash marosimi 2001-yil 8-martda bo‘lib o‘tgan.
Tadbirkor ayollar mukofoti – 2008-yildan beri BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi tomonidan ikki yilda bir marta beriladi. Saralashda hakamlar tabiat bilan bog‘liq, masalan, daraxtlarni saqlab qolgan holda qurilish ishlari tashkil qilgan, ayollarni ish bilan ta’minlagan, ularga qulaylik yaratayotgan biznes bilan shug‘ullanayotgan kashfiyotchi, targ‘ibotchi xotin-qizlarga e’tibor beradi.
100 ayol – 2013-yilda BBC tomonidan har yili dunyodagi eng faol ayollar yuztaligi e’lon qilindi. 2012-yil Dehlidagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikdan so‘ng unda jonbozlik ko‘rsatgan BBC jurnalistlari ayollarning jasorati haqida ko‘proq yoritish haqida taklif berdi. Shundan so‘ng ayollar mavzusida reportaj, jonli efir, bahsli chiqishlar tayyorlagan jurnalistlar yoki boshqa kasb egalari ushbu ro‘yxatdan o‘rin ola boshladi.
Ro‘yxatga kiritilgan ayollar ta’lim, sog‘liqni saqlash, jamiyatdagi tenglik masalalari, zo‘ravonlikka qarshi munosabat bildirib keladi, ro‘yxat e’lon qilinishidan oldin Twitter’dagi muhokamalarda qatnashadi. Turli sohada faoliyat yurituvchi butun dunyo xotin-qizlarini qamrab oladi. Yuztalikka jahonda mashhur bo‘lgan yoki hali tanilmagan ayollar ham kiritilgan.
2017-yilda o‘zbekistonlik matematika o‘qituvchisi Muhabbat Sharapova, 2018-yil akademik va ekolog Leyla Belyanova BBCning jasoratli 100 ayol ro‘yxatidan joy olgan.
“Florens Naytingeyl” medali – 1912-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, dunyodagi mehnatkash hamshiralarga beriladigan xalqaro mukofot britaniyalik oddiy hamshira nomiga qo‘yilgan.
Dastlab har yili olti nafar hamshira taqdirlab kelingan. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda istisno tariqasida birdaniga 42 nafar hamshiraga topshirilgan.
Urush payti yoki tabiiy ofatlar mahali odamlarga yordam bergan va sog‘liqni saqlashda o‘ziga xos jonbozlik ko‘rsatgan soha xodimalari o‘z nomzodini qo‘ya oladi.
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q