Shayton


Saqlash
22:12 / 05.12.2023 0 3532

Shayton (arabcha oliy dargohdan haydalgan Azozil nomli farishtaga berilgan nom) – Alloh irodasiga boʻysunmaydigan jin, ins, hayvon, inson va boshqa mahluqlarni sarkashlik yoʻliga boshlovchi, biz koʻrolmaydigan, lekin mavjudligi muqaddas kitoblarda bildirilgan mahluq. Masalan, Qurʼonda talqin qilinishicha, shaytonni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat qilmagani uchun oliy dargohdan quvilgan, rajim deb laʼnatlagan. Lekin Alloh bandalarini sinab koʻrish uchun shaytonga muhlat bergan. Shuning uchun u barchani yoʻldan ozdirishga harakat qiladi. Qurʼonda shayton soʻzining sinonimi sifatida Iblis iborasi ham ishlatilgan. Odamlar tomonidan eʼtirof etilgan maʼnaviy qadriyatlarga, diniy va dunyoviy, jismoniy va ruhiy muntlarga toʻgʻri kelmaydigan, axloq normalarini buzuvchi qoʻpol, oshkora odamlarga nisbatan ham shayton, shaytonning malayi kabi sifatlar ishlatiladi. “Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas uni dushman tutinglar” (Fotir-6) deya ogohlantirilgan. Shayton Insonning, ayniqsa, moʻminlarning ochiq dushmanidir. Shayton izmidagilarning boy-faqir, yosh-qari, erkak-ayol, chiroyli-xunukligiga qaramay, yoʻldan ogʻdirish payida boʻladi. Shayton insonlarga barcha yomon narsalarni chiroyli qilib koʻrsatadi, ularning qalblariga vasvasa urugʻini sochib ixtiloflar, kelishmovchiliklar paydo qiladi. Masalan, ichkilik, giyohvandlik, zino, oʻgʻirlik kabilarni chiroyli qilib koʻrsatadi. Shayton izmidagi kishi deganda, odam bolasiga xos boʻlmagan nomaqbul yoʻllarda yuradigan, oʻz kelajagi, oilatinchligi, jamiyat farovonligini oʻylamaydigan, oʻz huzur-halovatini oʻylab, barcha insoniy tuygʻularidan mahrum boʻlgan maʼnaviy qashshoq kishi tushuniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 278
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 380
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 601
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234880
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114211
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68168
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57170
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51566
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40104
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39596
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39481
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//