Chiroylilik


Saqlash
20:12 / 04.12.2023 0 1324

Chiroylilik – narsalarning tashqi koʻrinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi oʻzaro hamohanglik natijasida insonlarda yoqimli taassurot uygʻotuvchi narsa-hodisalar majmuini ifodalovchi tushuncha. Kundalik muloqotda tez-tez tilga olinadigan “goʻzallik” maʼnodosh. Chiroylilik estetik tushuncha sifatida goʻzallikning takomillashuvidagi zaruriy shart boʻlib, u insonlarda zavqlanish hosil qiladi. Chiroylilik estetika hamda nafosat falsafasi fanida kam oʻrganilgan mezoniy tushuncha hisoblanadi. Unga odatda goʻzallikka munosabat kabi yondashiladi. Aslida chiroylilik goʻzallikdan farq qiladi. Chiroylilik goʻzallikdagi xususiyatni toʻlaqonli aks ettira olmaydi. Toʻgʻri, chiroylilik ham goʻzallik singari insoniy munosabatlarga, tabiat hodisalari va hayvonot olamiga nisbatan ishlatiladi. Masalan, chiroyli odob, chiroyli gul, chiroyli ohu va hokazo. Biroq koʻzimizga koʻringan va chiroyli deb his qilgan narsa-hodisalarning hammasi ham yoqimli boʻlavermaydi. Biz uchun kapalaklar chiroyli hasharot, ammo botanika ilmida ularga oʻsimliklar zararkunandasi sifatida qaraladi. Yoki suv oʻsimligi hisoblangan raspiska chiroyi bilan hasharotlarni oʻziga jalb etadi. Biroq gulga qoʻngandan soʻng hasharotlar uning ozuqasiga aylanadi.

 

Insonda ham xuddi shunday, chiroyli harakatlar natijasi har doim ham yoqimli boʻlavermaydi. Shunga koʻra, chiroylilik narsa-hodisaning shakli yoki mazmunidagi estetik xususiyati orqali kishilarda yoqimli tasavvur, xush kayfiyat paydo qiladi. Chiroylilik narsa-hodisalarning faqat bir tomonidagi (tashqi yoki ichki) yoqimli holatni aks ettiradi, xolos. Shakl chiroyli boʻlgan paytda mazmun, mazmun chiroyli boʻlgan holatda shakl toʻlaqonli boʻlmasligi mumkin. Goʻzallik esa bundan mustasno, u narsa-hodisalarning faqat bir tomonini aks ettirmaydi, aksincha, u mazmun bilan shaklning uygʻunligi, mosligi, hamohangligi, maqsadga muvofiqligi asosida yuzaga keladi. Shu maʼnoda, goʻzallik ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega. Tabiat goʻzalligi esa obyekt (inson) va subyektning (oʻsimlik va hayvonot dunyosi) tartibi hamda uygʻunligiga asoslanadi. Goʻzallikdagi uygʻunlik va tartibning buzilishi esa inson, tabiat, jamiyat munosabatlarida xunuk oqibatlarni yuzaga keltiradi. Shu jihatdan qaraganda, yoqimli boʻlgan barcha narsalarni “goʻzallik”, “goʻzal” deb bilish insonni voqelikni estetik tarzda oʻzlashtirishdagi xolislik, ishonchlilik va haqqoniylikdan chalgʻitadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 288
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 266
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 617
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 359
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 536
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233046
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112796
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65527
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55319
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49685
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39139
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38252
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37062
“Avesto”

//