Chidamlilik


Saqlash
20:12 / 04.12.2023 0 1835

Chidamlilik – insonga xos sabr-bardosh, matonat, sabr-toqat, tashqi taʼsirlar natijasida oʻzgarmaslik fazilatini ifodalovchi tushuncha. Chidamlilik mazmun-mohiyatiga koʻra:

1. Ruhiy yoki jismoniy qiyin chiliklarning tugashini sabr-toqat bilan kutmoq, ularga sabr-bardosh bermoq. (masalan, ogʻriqqa chidamoq, sovuqqa chidamoq, ochlikka chidamoq va hokazo).

2. Maʼnaviy-ruhiy holat va sharoitga sabr-bardoshli boʻlmoq. (masalan, tanqidga chidamoq, yolgʻizlikka chidamoq, haqoratga chidamoq va hokazo).

3. Narsa va buyumlarning chidamliligi: koʻp yoki kam muddatga chidashi anglatadi.

 

Chidamlilik mafkuraviy sohada tahdidbardoshlik, iqtisodiyotda raqobatbardoshlik, tibbiyotda immunitet iboralari bilan maʼnodoshdir. Maʼnaviyatda chidamlilik tushunchasi ruhiy yoki jismoniy qiyinchiliklarning tugashini sabr-toqat bilan kutmoq, tanqid va turli tazyiqlarga chidamoq, bardosh bermoq maʼnosida qoʻllanadi. Chidamlilikning ziddi chidamsizlik, moʻrtlik, boʻshlik yoki boʻshanglik, sabrsizlik, betoqatlik, zaiflik, masʼuliyatsizlik va hokazolardir. Insonlarning jismoniy yoki maʼnaviy irodasi chidamliligiga qarab belgilanadi. Narsa, jixoz va buyumlarda chidamlilik ularning bahosini oshirgani singari insonlar orasida ham chidamlilik fazilatiga ega kishilar alohida qadr-qimmatga, hurmatga ega boʻladi. Chidamlilik xalqimizda koʻplab maqol va naqllarida oʻz ifodasini topgan. (masalan, “qirqiga chidagan, qirq biriga chidamadi”, “chidaganga chiqargan” va hokazo) chidamlilik kishilik jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etib, narsalar oʻzgarishiga taʼsir qilmasa-da, ularning sifatini ifodalaydi. Chidamlilikning xossasi narsa va hodisalarning zaruriy ekanligiga qarab istifoda etiladi. Chidamlilik maʼlum bir tashqi taʼsir orqali aniqlanadi. Chidamlilik insonning individual salohiyati, imkoniyatlari orqali yuzaga kelib, boshqa sifat koʻrsatkichlaridan keskin ravishda farqlanadi. Chunki, bardoshlilik biror-bir tashqi taʼsir natijasi aniqlansa, chidamlilik ham tashqi taʼsir, ham jonli va jonsiz jismning texnologik, psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyatini namoyon etadi. Chidamlilik tushunchasiga yondosh va turdosh atamalar qatoriga koʻnikma hamda malaka iboralarini kiritish mumkin. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik chidamlilik bilan aynanlashtiriladi. Chidamlilik inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 288
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 266
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 617
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 359
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 536
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233046
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112796
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65527
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55319
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49685
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39139
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38252
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37062
“Avesto”

//