Chaqimchilik


Saqlash
20:12 / 04.12.2023 0 1445

Chaqimchilik – barcha davrlarda qoralanib kelingan, biror gʻarazli maqsadni koʻzlab, birov haqida boshqa birovga xabar berishdek illatni ifodalovchi tushuncha. Chaqimchilik yolgʻon, fisqu fasod, koʻrolmaslik, gʻiybatchilik, alamzadalik kabi illatlarning shox tomiridir. U yolgʻon maʼlumot bilan doʻstni dushmanga, fisqu fasod bilan obod uyni vayronaga aylantiradi, gʻiybat yordamida xiyonatni amalga oshiradi. Chaqimchilik, mohiyatan, biror-bir insonni maʼnan yoki jismonan badnom etishga qaratilgan razillikdir. Chunki chaqimchi har qanday holatda oʻz foydasi va manfaatini koʻzlab ish tutadi. Shuning uchun azaldan chaqimchi va chaqimchilik islomda keskin qoralanib, bu xususda Rasululloh (s.a.v.) “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar”, deb uzil-kesil hukm chiqarganlar. Chunki chaqimchilik har doim oʻz qilmishi bilan aka-uka, yoru birodar, qoʻni-qoʻshni, eru xotin, farzandlar va hatto mahallalar, mamlakatlar, millatlar orasini buzadi. Aksincha, xafalashib qolgan kishilarni yarashtirish, xushmuomalalik bilan uzilgan rishtalarni bogʻlash islom dinida katta savob sanaladi. Chaqimchilik jamiyatda kishilar orasida roʻy berib turadigan salbiy xulq-atvor, xususiyatlar ichida inson shaʼniga eng koʻp isnod va nuqson yetkazadigan manfiy koʻrinishdagi illatlardan biri. Chaqim, chaquv, chaqimchilik, chaqmachaqarlik (gap tashuvchilik illati), yumaloq xat yozish, shikoyatbozlik, arizabozlik kabi yomon taassurot qoldiradigan bunday illatlar turli shart-sharoit, koʻrinishlarda sodir boʻlib, kishi kayfiyatida hamisha noxush iz qoldiradi. Chaqimchi odam (chaqmachaqar) oʻz kirdikorlarini bilmasdan, tasodif tufayli emas, balki ongli ravishda amalga oshiradi. Shuningdek, bunday tuban ishga u boshqalarga hasad qilish, koʻrolmaslik, gʻalamislik, oʻch olish, popugini pasaytirish, oʻzgalarga yomonlikni ravo koʻrish va shu kabi gʻarazli niyatlarda kirishadi.

 

Baʼzan esa chaqimchi odam shunday yoʻl tutajagi haqida raqib tomonga shipshitib ham qoʻyadi yoki oʻrtaga ultimatum (gʻarazli shartlarni) qoʻyib, hukmini oʻtkazmoqchi boʻladi. Xalqimiz shuning uchun ham gap tashiydigan, chaqimchi, aygʻoqchi, gʻiybatchi, tuhmatchiyu chaqmachaqar odamlarni yoppasiga yomon koʻradi, ularning qiliq va nojoʻya ishlaridan hazar qiladi, ularni qoralaydi, hatto baʼzi hollarda mahalladan koʻchirib yuborish kabi hukmlar bilan jazolaydi. Chaqimchilikning eng mudhish oqibatlarini xalqimiz yaqin oltm ish-yetmish yillar ichida mustabid shoʻrolar hokimiyati davrida boshdan kechirgan edi. Oʻtgan asrning 30-yillarida sobiq Ittifoqda roʻy bergan stalincha qatagʻon siyosatining mashʼum oqibatlari natijasida xalqimiz oʻzining qanchadanqancha ulugʻ va millatparvar, ziyoli va alloma farzandlaridan ayrildi. Ular “troyka” deb atalmish qoʻmitalarda oʻylab topilgan kurakda turmas chaqimchilik tufayli jaholat va qatagʻon qurbonlariga aylandi. Afsuski, hozirgi vaqtda ham odamlar orasida, jamoada, ish joyida, mahallada chaqmachaqarlik, shikoyatbozlik uchrab turadi. Bu illatlar oʻtmish sarqiti, tag-tugi bilan sugʻurib tashlanadigan holatlar sifatida qoralanadi.

adi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 317
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 370
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 219
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 183
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226237
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108636
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56172
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40825
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32134
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31138
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30876
Alpomish

//